Germaniya terma jamoasi azosi "Bavariya"da o'ynamoqchi
01 may 12:45
Yangiliklar
Germaniya terma jamoasi azosi "Bavariya"da o'ynamoqchi
Germaniya chempioni Jonatan Ta "Bavariya" radarida. Tafsilotlar haqida "Sky Sport Deutschland" jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.
"Bayer" futbolchisining shartnomasi kelasi yilning iyun oyida tugaydi. Bu yozgi transfer ehtimolini oshiradi. Germaniya chempionlari prezidenti buni yashirmayapti.
Agar yangi shartnoma tuzmasa, Ta sotilishi ochiq-oydin aytildi. Bu boradagi qaror futbolchining o'zida qoladi.
Jurnalistning so'zlariga ko'ra, Ta vakillari allaqachon "Bavariya" bilan bog'lanishgan. Ular myunxenliklar jamoasiga himoyachi "Bavariya"ga o'tishni rejalashtirayotgani haqida malum qilishgan.
Myunxen klubi "Bayer" bilan hali muzokaralarga kirishgani yo'q. Germaniya chempioni o'z futbolchisi uchun bonuslar bilan birga taxminan 20 million evro olmoqchi.
Fikrlar