Bahrom Vafoev nomidagi stadion projektorlari talab darajasiga etdi
01 may 2024 17:56
Yangiliklar
Bahrom Vafoev nomidagi stadion projektorlari talab darajasiga etdi
"Mashal" futbol klubi uy uchrashuvlarini o'tkazadigan Bahrom Vafoev nomidagi stadionda kuzda yangi projektorlar o'rnatish ishlari olib borildi.
Dastlab fevral oyida ilk bosqich yakunlangach, Liga mutaxassislari stadion yoritish tizimini o'lchash ishlarini o'tkazishgandi. Unda yoritish tizimi darajasi 1700 lyuksni tashkil qilgandi.
Projektorlarni talab darajasiga etkazish uchun yana qo'shimcha sozlash ishlari amalga oshirildi. 22 aprel kuni Liga mutaxassisi Muborakdagi stadionda yana bir bor yoritishni o'lchash jarayonini o'tkazdi. Endilikda Bahrom Vafoev nomidagi stadion projektorlari 1900 lyuks darajada yorug'lik bermoqda.

Ushbu ko'rsatkich O'zPFL talablariga to'liq javob beradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar