So’nggi yangiliklar

11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  1 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  4 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  2 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  4 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  9 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  5

Intervyu. Stanislav Andreev: "Paxtakor" har qanday holatda ham kuchli raqib. "So'g'diyona" kubokni yutishni maqsad qilgan" Yangiliklar

Intervyu. Stanislav Andreev: "Paxtakor" har qanday holatda ham kuchli raqib. "So'g'diyona" kubokni yutishni maqsad qilgan"

Kecha O'zbekiston kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Gollarga boy o'tgan uchrashuvda omad Ivan Boshkovich shogirdlariga kulib boqdi. Yakunda esa "So'g'diyona" yuz foizlik natija bilan keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Uchrashuvdan so'ng jamoaning tajribali futbolchisi Stanislav Andreevning fikrlari bilan qiziqdik. 

Paxtakor

Kimi Merk - 13', Kimi Merk - 75'

O'zbekiston Kubogi. 3-tur

26/04/2024, 16:30

3
:
2
Tugadi

So'g'diyona

Samandar Mavlonqulov - 6', SHohruh Abdurahmonov - 12', Stanislav Andreyev - 15'

45'
90'
13'  Kimi Merk
42'  Sardor Sobirxo’jayev
75'  Kimi Merk
6'  Samandar Mavlonqulov
12'  SHohruh Abdurahmonov
15'  Stanislav Andreyev

- Stanislav "Paxtakor" ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba haqida fikrlaringiz. Superliga va kubokda ketma-ket ikki bor bu ish uddasidan chiqildi...

- Uchrashuvning katta qismida ko'pchilikni tashkil qilgan bo'lsakda o'zimizga-o'zimiz qiyinchilik yaratdik. "Paxtakor" qanday holatda bo'lmasin kuchli va xalq jamoasi hisoblanadi. Ular bilan o'yinlar oson o'tmagan.  

- Gol urdingiz va assist qayd etdingiz. Golni nishonlaganingiz yo'q. Bu "Paxtakor"ga ko'rsatilgan hurmatmi?

- "Paxtakor"da uzoq yillar to'p tepganman. Bu o'yin, nima ham qila olardim. Hozir "So'g'diyona" futbolchisiman. 

- Ikkinchi bo'limda "So'g'diyona" o'yin sifati tomonlama umuman o'zgardi. Tanaffusdan keyin nima sodir bo'ldi?

- Fikrimcha, ruhiy tomondan erta xotirjamlikka berildik. Raqib bundan foydalanib yana bitta to'p kiritdi. Yuqorida aytganimdek muammoni o'zimiz yaratdik. 

- Sizning poziciyangiz ko'proq kuch va tezlik talab qiladi. 35 yoshda o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Mashg'ulotlarni har kuni to'g'ri olib borsangiz qiyinchilik tug'dirmaydi. Mashg'ulotda qiynalsangiz o'yinda oson bo'ladi.  

- Jamoa guruhdan chiqdi. "So'g'diyona" qaysi bosqichgacha borishni maqsad qilgan?

- O'zbekiston kubogi mavsumni sovrin bilan yakunlash uchun eng qisqa yo'l hisoblanadi. Qolaversa, kubok g'olibi OCHLga yo'llanma oladi. Rahbariyat oldimizga maksimal vazifani qo'ygan. 

- Mish-mishlarga qaraganda "So'g'diyona" kubokni yutsa, rahbariyat futbolchilarga avtomobil sovg'a qilar ekan...

- Ochig'i bu haqida sizdan eshitib turibman. Mening xabarim yo'q. Mish-mishlar doim bo'lib turadi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика