So’nggi yangiliklar

09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  4 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  1 08:04"Байер"дан хайдаланган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  4 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  8 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  5 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  8 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  22 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  15 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  6 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  15 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  46 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  3 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  15

Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga yo'llanmasi qo'lga kiritganidan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi

O'yin haqidagi fikrlaringiz

- Bugun tarixiy natijaga erishdik. Prezidentimiz va xalqimizga rahmat. Duoda bo'lib turgan xalqimizga ming rahmat. Yaratganga shukr, maqsadimizga erishdik. Keyingi reja kubokni O'zbekistonga olib kelish. Uzoq vaqt tomonida bunga tayyorgarlik ko'rgandik va mana bugun barcha niyatlarimiz amalga oshdi.

Abdurauf Bo'riev

O'yin haqida

Bugungi g'alabamizni barcha o'zbekistonliklarga bag'ishlayman. Dastlabki maqsadimiz olimpiada chiqishni uddalay oldik. Keyingi maqsadimiz, kubokni qo'lga kiritish. Qiyin uchrashuv bo'ldi, ammo yakunda g'alaba qozondik.

Abdurauf Bo'riev

- Olimpiya o'yinlariga yo'llanma sizning faoliyatingizda eng katta yutuqmi? Ushbu g'alaba siz uchun qanday ahamiyatga ega?

- Hozirgi kungacha bo'lgan faoliyatim davomidagi eng katta yutuq bo'ldi. Qolgan fikrlarim bilan bo'lishmagan bo'lardim, bu mening shaxsiy hayotimga bog'liqligi ko'p.

Abdurauf Bo'riev

- Jamoa sardori sifatida o'yinni boshlaganingiz sizga kuch berdimi?

- Ha, sardor sifatida maydonga tushish menga qo'shimcha kuch bag'ishlaydi, ammo jamoaning g'alaba men uchun ko'proq muhim

- Ushbu loyiha tashkil etilgandagi dastlabki kunlardan boshlab bugungi uchrashuvga qadar bosib o'tilgan yo'l haqida gapirib o'tsangiz. Bunday jiddiy loyihani sizga topshirishayotganida nimalarni his etgandingiz?

- O'sha vaqti men keyingi saralashda ishtirok etadigan yoshdagi futbolchilarning jamoasini men boshqarayotgan edim. Bu yo'lni bosib o'tish oson bo'lmadi. SHu vaqtga qadar ikki katta musobaqada ishtirok etdik. Osiyo chempionatida ikkinchi o'rin va Osiyo o'yinlarida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdik. To'rt yil davomida biz engib o'tgan qiyinchiliklar va sinovlarga asoslanib kitob yozsa bo'ladi. Umumiy qilib aytsak, yakunda yuzimiz yorug' bo'ldi.

- Bugungi uchrashuvda 29ta zarba va o'z darvozangizlaringizga bitta ham aniq zarba berilmadi. O'yinning birinchi daqiqasidan boshlab jamoangiz o'yinni nazorat qildi. Ammo kech gol urdingizlar bunga sabab nima?

- Biz raqibdan kuchli ekanligimizni bilar edik va futbolchilar ham buni tushunib turishgan edi. Asosiy sabab, bosim edi. Sababi Olimpiadaga chiqish biz uchun yangi tarix. Biz hech qachon olimpiya o'yinlarida ishtirok etmaganmiz. Ko'p xavotir bo'ldi, ammo yakunda g'alaba qozondik. Barcha vaziyatlardan foydalanganimizda hisob yirikroq bo'lar edi. Vaziyatlarni yakunlashga kelganda biroz hayajonlandik.

- Musobaqa davomida ko'p marotaba rotaciyaga qo'l urdingiz. Saudiyaga qarshi Hamralievni, bugun esa Zafarmurod va Rahimjonovlarni rotaciya qildingiz? Bunga qandaydir sabab bormi?

- Mening maqsadim shu edi. Barcha futbolchilar asosiy tarkibda o'ynashga loyiq deb o'ylayman. Terma jamoada aslida shunday bo'lish kerak. Barcha futbolchilar o'yin amaliyotiga ega bo'lish kerak. 23ta futbolchining chaqirdikmi, ularning hammasiga imkoniyat berish kerak. Ushbu musobaqa davomida har uch kunda o'yin o'tkazdik va shu sababli qo'rqmasdan rotaciya qo'l urdim. Rotaciya qilish futbolchilarning jismoniy holatini yaxshiroq ushlab turadi. Men barcha futbolchilarimga birdek ishonganim uchun ularni maydonga tushiraman. Barcha teng imkoniyatga ega bo'ladigan jamoa tuzishni istagandek bu loyiha boshlanganida va bugungi kelib shu maqsadimiz amalga oshdi.

- Musobaqa davomida barcha futbolchilarimiz maydonga tushishdi. Final uchrashuvida uchinchi darvozabonimizga imkon bersangiz to'liq tarkib o'yin amaliyotiga ega bo'lgan bo'ladi. Abdunabievni finalda ko'rishimiz mumkinmi?

- Darvozabon masalasiga keladigan bo'lsak, darvozabonlarga imkoniyat berish biroz boshqacharoq. Aniq javob ayta olmayman, to'g'risi(kulib)




Reyting: +91   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика