Diyor Xolmatov: "Hissiyotlarimni tasvirlab berish ilojsiz. Otamga o'xshagan futbolchi bo'lishga intilaman"
30 apr 2024 19:30
Yangiliklar
Diyor Xolmatov: "Hissiyotlarimni tasvirlab berish ilojsiz. Otamga o'xshagan futbolchi bo'lishga intilaman"
Bugun uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?
Butun o'zbek xalqini g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi hissiyotlarini tasvirlab berish ilojsiz. Bunday vaziyatlarni faqatgina yashab o'tish kerak. Hayotimda birinchi bor bunday emocional holatdaman. Biz Olimpiadaga yo'l oldik. Tasavvur qiling olimpiada. Yana bitta uchrashuvimiz, keyingi bahsda g'alaba qozonib, chempion bo'lishni istaymiz.
Yosh bo'lishingizga qaramay, milliy terma jamoa va bugun olimpiya terma jamoamiz katta natijalarga erishdingiz. Qo'lga kiritilgan sovrinlar bo'yicha otangiz Akmal Xolmatovdan yaxshiroq natija qayd etmoqdasizmi?
Bunga savolga javobni dadamdan so'rashingiz kerak(kuladi). Otam kabi nomga ega bo'lish uchun hali ko'p yillar davomida mehnat qilishim kerak. Menga hali bor deb o'ylayman. Har doim aytadigan gapim, men otamga o'xshagan futbolchi bo'lishni istayman va shunga intilaman. O'yindan so'ng, ota onam bilan suhbatlashdim. Ularning xursandchiligi meni yanada quvontirdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar