Ixtiyor Ropiev: "Osiyo kubogidagi eng yaxshi o'yinimiz Eron bilan bo'ldi"
01 may 15:20
Yangiliklar
Ixtiyor Ropiev: "Osiyo kubogidagi eng yaxshi o'yinimiz Eron bilan bo'ldi"
O'zbekiston futzal terma jamoasi Tailanddagi Osiyo kubogida bronza meddallarini qo'lga kiritganidan xabaringiz bor.
Terma jamoa azolari kecha tunda tantanali ravishda kutib olindi. Mazkur jarayonda futzalchi Ixtiyor Ropiev ham o'z fikrlarini bildirdi.
"Musobaqa har safargidan ham yaxshiroq ruhda o'tdi deya olaman. Penaltilar seriyas bu - lotoreya. Ko'rdingiz omadimiz kelmadi. Tojikiston bilan o'yinda 2 ta to'p farqi bilan oldinda ketayotgandik. Biroz xotirjamlikka berildik va ishimizni qiyinlashtirdik.
Menimcha, eng yaxshi o'yinimiz Eron bilan bo'ldi. Tarixda hali durang o'ynamagandik. G'alaba qozonish nasib qilmagan ekan.
Yangi murabbiyga allaqachon moslashib olganmiz. 5-6 ta o'yinda ancha o'zgarishlar qila oldi",- deydi Ropiev.
Fikrlar