Eshitdik-da! Abduqodir Husanov bugun Franciyaga jo'nab ketadi
30 apr 11:11
Yangiliklar
Eshitdik-da! Abduqodir Husanov bugun Franciyaga jo'nab ketadi
O'zbekiston U-23 terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida ishtirok etmaydi.
O'zbekiston futbol associaciyasi futbolchi to'p tepadigan "Lans" klubidan yarim final bosqichiga qadar bo'lgan muddat uchun ruxsat olgan va kelishuvga erishgan. Endilikda o'yinchi Franciya klubi ixtiyoriga qaytishi lozim. Oldinda "Lans"ni 3 may kungi "Loryan"ga qarshi muhim bahs kutib turibdi, shu bois bosh murabbiy Frank Ez futbolchini tarkibda ko'rishni xohlaydi.
Abduqodir Husanov U-23 Osiyo Kubogida 3 ta o'yin o'tkazib, o'z vazifasini alo darajada bajardi va Olimpiada yo'llanmasi qo'lga kiritilishida katta hissa qo'shdi.
Eslatib o'tamiz, Timur Kapadze qo'l ostidagi jamoaning final uchrashuvi 3 may kuni 20:30 da boshlanadi.
Fikrlar