

Unda O'zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.
Chempion nomi aniqlanadigan bellashuvda futbolchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa to'liq qora libosda harakatlanadi.
Finalda rasman mezbon bo'ladigan Yaponiya futbolchilari to'liq ko'k libosda, darvozaboni esa to'liq yashil formada to'p tepadi.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv 3 may kuni O'zbekiston vaqti bilan 20:30 da "Jassim bin Hamad" stadionida start oladi.

Finalda futbolchilarimizga omad va zafar yor bo'lishini tilab qolamiz.


