Sergey Arutyunov xotira turniri start oldi FOTOGALEREYA
02 noy 2016 14:45
Yangiliklar
Sergey Arutyunov xotira turniri start oldi FOTOGALEREYA
Artem Arutyunovning tashabbusi bilan, Respublikada xizmat ko'rsatgan murabbiy, Sergey Arutyunov Artemovich xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirga start berildi.
Sergey Artemovich 1998 yili FIFAning oltin medali sohibi. Ko'p yillar davomida o'zbek futboli uchun mehnat qilgan mutaxassis, 2015 yilda 93 yoshida vafot etgan edi.
2005 yilda tavallud topgan o'smir futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tadigan turnirda Rossiya Premer ligasi ishtirokchisi, Ekaterinburgning "Ural" klubi tarbiyalanuvchilari, Qozog'istondan FK "Qayrat" va BO'SM (Oltma-Ota) hamda o'zimizdan "Spartak", "Paxtakor" (ikkisi Toshkent) va "Metallurg" (Bekobod) kabi jamoalar qatnashishmoqda.
Saytimizning maxsus bo'limi orqali musobaqaning ochilish marosimi va birinchi kungi o'yinlar fotogalereyasini tomosha qiling. FOTO
Fikrlar