Tariq Salmon: "Raqibimiz o'z yurtboshi ko'z o'ngida mag'lub bo'lishni istamaydi"
10 iyu 14:00
Yangiliklar


Tariq Salmon: "Raqibimiz o'z yurtboshi ko'z o'ngida mag'lub bo'lishni istamaydi"
- Bo'lajak o'yin haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...
- O'zbekiston terma jamoasini o'z tarixida ilk marotaba JCH yo'llanmasini qo'lga kiritgani bilan tabriklayman. O'zbekistonga qarshi har doim qiynalamiz, ochig'i. To'g'ri, so'nggi ikki uchrashuvda biz g'alaba qozondik, ammo hozirgi holat boshqacha. Raqibimiz o'z yurtboshi ko'z o'ngida mag'lub bo'lishni istamaydi. O'zbekiston o'yindan so'ng tarixiy natijani nishonlaydi, ammo biz bu erga g'alaba qozonish uchun keldik.
- Osiyo Kubogida siz bilan suhbatlashganimda, O'zbekiston MTJsining tarkibi kuchayib bormoqda degan edingiz, o'sha musobaqada Shomurodov ishtirok etmagan edi. Hozir esa jarohatlangan futbolchilar deyarli yo'q. O'zbekistonning hozirgi tarkibi haqida qanday fikrdasiz?
- Terma jamoangizda 3-4ta o'ta iqtidorli futbolchilar bor. Masalan, 23 raqam. Evropadagi Husanov va Shomurodovlar. "Paxtakor"dagi Alijonovni ham xavfli futbolchi deb ayta olaman. Ertaga ham juda yaqin o'yin bo'lishini taxmin qilishim mumkin. Umid qilamanki, barchasi biz kutgandek bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar