Bekzod Mamatqulov O'zbekiston futzal federaciyasida yig'ilish o'tkazdi. Unda Eliboev, Sviridov, Rahmatov va boshqalar qatnashdi
10 iyu 2025 13:15
Yangiliklar
Bekzod Mamatqulov O'zbekiston futzal federaciyasida yig'ilish o'tkazdi. Unda Eliboev, Sviridov, Rahmatov va boshqalar qatnashdi
Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboev, yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Konstantin Sviridov hamda o'smirlar terma jamoasi ustozi Dilshod Rahmatov, shuningdek, federaciya mutasaddi xodimlari ishtirok etdi.
Yig'ilish davomida Federaciyaning ortda qolgan vaqt davomida amalga oshirgan ishlar, yutuq va kamchiliklar hamda kelajakda bajarilishi kerak bo'lgan vazifalar haqida so'z bordi. Jumladan, Oliy ligaga o'tish turniriga tayyorgarlik, uni munosib tarzda tashkillashtirish va o'tkazish, mamlakat chempionati starti masalalarini puxta rejalashtirish, barcha terma jamoalarimizni oldinda kutayotgan musobaqalar, o'quv-mashg'ulot yig'inlari, o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazish yuzasidan kelgusi rejalar muhokama qilindi.


Federaciya prezidenti Bekzod Mamatqulov ichki chempionatimiz sifat darajasini oshirish ustuvor vazifalardan biri ekanligi, aynan shu yo'l bilan mamlakatimiz milliy terma jamoasi ham kuchli bo'lishini takidladi.
"O'zbekiston Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Biz qitada chempionlikka nomzodlardan birimiz. Shuni yodda tutishimiz zarur. Oldinda bizni kutib turgan CAFA musobaqasida ham faqat g'alaba uchun maydonga tushishimiz kerak. Shu sababli munosib tarzda tayyorgarlik ko'rishimiz kerak", – dedi Bekzod Mamatqulov.
Bundan tashqari, federaciya rahbari terma jamoa va unga chaqirilishga nomzod bo'lgan futzalchilarning salomatligini nazoratga olish, zarur bo'lsa, yordam ko'rsatish kerakligini takidlab o'tdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar