

"Birinchi navbatda o'yinga kelib bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga o'z minnatdorchiligimni bildirib o'tmoqchiman. Shuningdek, barcha sharoitlarni yaratib bergan rahbariyatga ham rahmat. O'zbek futzali tarixida ilk bora jahon chempionatiga yo'llanma olganimizdan judayam xursandman.
Dastlabki vazifa bajarildi. Navbatdagi maqsadimiz - finalga yo'l olish", - deydi Sviridov.




