Manchini: "Jismoniy jihatdan muammolarimiz bor edi, raqibga juda ko'p bo'sh hudud qoldirdik"

Sherzod Nurmatov
16 noya 2026, 14:20
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Millatlar Ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasida safarda Belgiya terma jamoasidan uchralgan mag'lubiyat (1:4) haqida fikr bildirdi.

"Afsuski, shunday oqshomlar ham uchrab turadi. Qayta qurish jarayonida bunday holatlar ro'y berishi mumkin va bunday o'yinlardan muhim saboqlar chiqarish kerak. Yaxshi seriya o'tkazib, ushbu bosqichga qanday yetib kelganimizni hisobga olsak, keyingi bosqichga chiqish imkoniyati borligi aniq edi, biroq o'yin qiyin bo'lishini bilardik. Hafsalamiz pir bo'lgan holdamiz, ammo aynan shunday oqshomlar yakunda foydali bo'lib chiqadi.

Belgiya yaxshi o'ynadi. Ular bizdan kuchliroq edi, kuchli va tezkor o'yin namoyish etishdi. O'yinni yaxshi boshlagandik, lekin keyin ketma-ket gollar o'tkazib yubordik. Jismoniy jihatdan muammolarimiz bor edi, ularga juda ko'p bo'sh hudud qoldirdik", – deya italiyalik mutaxassisning so'zlarini keltirdi RAI.

Italiya (6 uchrashuvdan so'ng 10 ochko) Millatlar Ligasi A divizionining 1-guruh jadvalida 3-o'rinni band etdi va pley-off bosqichiga chiqa olmadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RAI