

Tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan yopiq eshiklar ortida o'tkazilgan bahsda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Uchrashuvdagi hisob 3-daqiqada Behruz Samiev tomonidan ochildi. Birinchi bo'lim yakunlanishiga uch daqiqa qolganida esa Quvonchbek Jahonov mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Ikkinchi bo'limda ham O'zbekiston terma jamoasi o'yin tizginini qo'ldan bermadi. Mag'lubiyatdan qutulish yo'lini izlagan mehmonlar uchrashuvning so'nggi soniyalarida uchinchi golni ham o'tkazib yuborishdi. 40-daqiqada Behruz Samiev o'zining ushbu bahsdagi dublini rasmiylashtirdi.
Shunday qilib, O'zbekiston milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiy Bahodir Ahmedov boshchiligidagi ilk uchrashuvida 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston – Tojikiston - 3:0 (2:0)
8 noyabr, 2026 yil
Toshkent. O'FA Terma jamoalar markazi sport zali
Gollar: Behruz Samiev (3, 40), Quvonchbek Jahonov (17).
Hakamlar: Timurbek To'xtabaev, Nurbek Arstanbay uulu (ikkalasi ham Qirg'iz Respublikasidan).
O'zbekiston (boshlang'ich tarkib): Jasur Rizbonov, Ilhom Hamroev, Behruz Samiev, Husniddin Nishonov, Davron Choriev (s).
Zaxiradagilar: Abbos Elmurodov, Anasxon Rahmatov, Eldor Nigmatov, Fazliddin Botirov, Asilbek Vafoev, Abdulboriy Ilyosov, Sunnatilla Jo'raev, Quvonchbek Jahonov, Tohir Abdukarimov.
Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov.
Tojikiston (boshlang'ich tarkib): Nuriddin Jabborov, Nasratsho Ismoilov, Samandar Rizomov, Muhammad Rajabov, Nekruz Idiev.
Zaxiradagilar: Firuz Bekmurodov, Amirjon Rahimov, Muhammad Avg'onov, Bahodir Xo'jaev, Muhammad Sharipov, Umed Qo'ziev, Siyovush Qayumov, Xusrav Xoliqnazarov, Dilshod Salomov (s).
Bosh murabbiy: Payrav Vohidov.











