

"Olmaliq" musobaqada birinchi marta ishtirok etadi. Tarkibimizda Osiyo chempionatida avval qatnashganlar ham, qatnashmaganlar ham bor. Raqiblarimizni hurmat qilamiz, "Tasisat Daryoi" Osiyoda yetakchi bo'lsada, ulardan qo'rqmaymiz va maydonda o'z ishimizni qilamiz.
Oldimizga qo'yilgan birinchi vazifa - guruhdan chiqish. Pley-offda esa imkon qadar finalni ko'zlab harakat qilamiz.
Vohid Shamsai yoshi o'tib borayotganiga qaramay, undagi texnika va tajriba istalgan jamoaga muammo tug'dira oladi. Unga past baho berish kerak emas, bejizga o'tgan musobaqada to'purar va eng yaxshi o'yinchi bo'lmagan. Sheriklari ham kuchli futzalchilar, Shamsai Osiyo chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi", - deya ta'kidlab o'tdi Sviridov.



