So’nggi yangiliklar

09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  1 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  2 09:05МЮ Ўринбоевнинг жамоадошига қизиқиш билдирмоқда  1 08:39“Навбаҳор“ “Нефтчи“ футболчиси билан 2 ярим йиллик шартнома тузди  2 08:13Салоҳ барча даврларнинг энг яхши африкалик футболчи ким деган саволга жавоб берди  13 07:47“Навбаҳор“ Одиловнинг ўрнига бразилиялик футболчини олиб келмоқда  7 07:20Суперлигада иккинчи давра бошланишига 10 кун қолганида навбатдаги истеъфо рўй берди  8 00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  2 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  4 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  7 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  13 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  3 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  14 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  3 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  17

O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Chigodaev: "Muxlislarni CAFA U-17 kubogi finaliga taklif etamiz" Yangiliklar

O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Chigodaev: "Muxlislarni CAFA U-17 kubogi finaliga taklif etamiz"

Eronga (4:2) qarshi o'yindan so'ng O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Chigodaev Championat.Asia muxbiri Nikolay Egorichevga intervyu berdi.

- O'yindan keyingi odatiy savol: o'tgan o'yin haqida qanday fikrdasiz?
- Juda og'ir o'yin. Odatdagidek, o'yinni yomon boshlayapmiz. Avval o'zimizga qiyinchiliklar tug'diramiz, keyin esa ulardan chiqib ketamiz. Yaxshiyamki, yigitlar yig'ilib, nimalarga qodir ekanliklarini ikkinchi bo'limda ko'rsata olishdi. Birinchi bo'limda ham o'yinni nazorat qilgan bo'lsak-da, vaziyatlardan foydalana olmadik. Tanaffusdan keyin raqib ancha charchab qoldi, biz bir nechta o'zgarishlarni amalga oshirdik, o'yinni o'zgartirdik va o'z imkoniyatlarimizdan foydalana oldik.

- Jamoa o'yinlarni yomon boshladi dedingiz. Eron bilan o'yinda ham, Qirg'izistonga qarshi avvalgi uchrashuvda ham shunday bo'lgandi. Sizningcha, bu nima bilan bog'liq?
- Biz buni aniqlashga harakat qilyapmiz. Jamoaga dastlabki daqiqalardan etiborni jamlab o'ynash, diqqatni yo'qotmaslik kerakligini tushuntiramiz. Lekin bolalar hali yosh - katta ehtimol bilan muammo aynan shu bilan bog'liq. Ularda o'yin boshidanoq kerakli tarzda o'ynash uchun hali tajriba va mahorat yo'q. Shu jihat ustida ishlaymiz.

- Eron bilan o'yinda jamoangiz juda ko'p vaziyatlar yaratdi, ammo 75-daqiqagacha to'p darvozaga kirmadi. Bu realizaciyadagi muammolarmi yoki shunchaki omadsizlikmi?
- Baribir gol urishimizga ishonchim komil edi. Yigitlar katta ishtiyoq bilan o'ynashayotgani ko'rinib turardi. Qaerdadir haqiqatan ham shunday bo'ladiki, omad kelmaydi, to'p darvozaga kirmaydi. Ammo o'yindan ko'rinib turibdiki, biz Erondan yaxshiroqmiz.

- Eron terma jamoasi haqida nima deysiz? Jamoa ushbu turnirda mag'lub bo'ldi - Qirg'iziston va O'zbekistonga yutqazib, guruhda so'nggi o'rinni egalladi.
- Eronni Qirg'izistonga qarshi o'yinda ko'rib chiqdik. O'sha o'yinda eronliklar butunlay boshqacha harakat qilishdi: ko'proq to'pni ushlab turishdi, ko'proq "pastdan" o'ynashdi. Aytish mumkinki, ko'proq futbol o'ynadik, qandaydir kombinaciyalar yaratishga harakat qildik. Biz bilan o'yinda Eron terma jamoasi tarkibida uzun paslar ko'proq bo'ldi. Himoyachilarimiz biroz sarosimaga tushib, o'yin boshida orqadan to'p tashlashlardan so'ng ikkita to'p o'tkazib yuborishdi. Ammo, umuman olganda, Erondan ko'proq narsa kutishgan edi, albatta. Bu Osiyo futbolining flagmanlaridan biri. Agar biz g'alaba qozongan bo'lsak, demak, biz yaxshiroq edik.

- Eron terma jamoasi futbolchilarining maydonda intizom borasida qanday harakat qilganiga nima deysiz? Ular juda ko'p yiqilishdi, hakamlar bilan bahslashishdi.
- Qirg'iziston bilan ham shunday bo'lgan. Biz yigitlarni eronliklarning provokaciyalariga uchmasliklari haqida ogohlantirdik. Balki ularga yoshligidan o'rgatishayotgandir yoki bu ularning qonida bordir. Ammo bu futbolga chiroy bag'ishlamaydi va biz futbolchilarimizda bunday narsalarni maqullamaymiz.

- Finalda nimalarni kutyapsiz? Raqib - Tojikiston terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?
- Eronga qarshi o'yin oldidan Tojikiston terma jamoasining Afg'onistonga qarshi o'yinini stadiondan biroz tomosha qildik. Ko'rinib turibdiki, Tojikiston jamoasi juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan, bir nechta yigitlar U-17 Osiyo Kubogida qatnashgan. Umuman olganda, Tojikiston yoshlar va o'smirlar darajasida yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. O'sha U-17 Osiyo Kubogida Tojikiston ajoyib ko'rindi, chorak finalda Janubiy Koreyaga qarshi yaxshi o'ynadi va hatto koreyaliklarni mag'lub etishi mumkin edi. Aytish mumkinki, Tojikistonda hozir "futbol bumi" davom etmoqda, so'nggi yillarda juda ko'payib ketdi. Tojikiston terma jamoasini yana bir bor yaxshilab tahlil qilamiz, finalga tayyorgarlik ko'ramiz. Fursatdan foydalanib, muxlislarni CAFA U-17 kubogi finaliga taklif qilmoqchiman. Yigitlar qo'llab-quvvatlansa, ancha yoqimli o'ynashadi, yanada ko'proq harakat qilishadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

+2   
29 may 14:48:38
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
Финал качон ва каердалигини айтип куйманглар. Борип куйишимиз мумкин
+2   
29 may 14:41:50
Шахрух Палванов Палванов
Ха бу тожикистонни ютасизлар худо хохласа
+1   
29 may 16:32:50
Ibroxim Xudaykulov
Назаримда тожиклар купинча ёши каттарок болалар билан катнашади турнирларда
+1   
29 may 16:12:44
Адхамжон Низамов
Таклиф килгандан кейин каердалигини айтмайсанми?Доим чала....
+1   
29 may 14:05:34
Komilov Muxammad Omar
Ўйнаб кулиб ютасизлар.... Мана коррупция бўмаса қанақа натижалар ва ўйинларрр
   
30 may 00:04:07
Аброр Ибрагимов
Молодцы так держать Сергей!!! Удачи в финале. Яхши мураббий омадини берсин. Олга Узбекистон!!! Финалда галаба кутиб коламиз болажонлардан.
   
29 may 21:44:13
Рахимжон Махмудов
31 май состоялся 18:30 да финал Узбекистон & Тожикистон
   
29 may 16:16:52
MTJ, PAXTAKOR
Yaxshi murabbiy yaxshi jamoa berildi natijalar ham zo'r bo'lsin.
   
29 may 14:47:53
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
Финал качон ва каердалигини айтип куйманглар. Борис куйишимиз мумкин
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика