CAFA U–17 Championship 2026: O'zbekiston Turkmaniston bilan durang o'ynadi

Оқил Абдубарноев
11 apr 2026
CAFA U–17 Championship 2026 musobaqasi doirasida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Turkmaniston vakillariga qarshi navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi.

Gollarga boy va murosasiz kechgan bahs 3:3 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

Mazkur uchrashuvda vakillarimiz safida Doniyor O'ktamov, Yahyobek Nasrulloev va Sanjarbek Aminov gol urdi.

Shuningdek, ushbu tur doirasida Tojikiston o'smirlar terma jamoasi Afg'onistonni 3:2 hisobida mag'lubiyatga uchratib, o'z ochkolarini maksimal darajaga etkazib oldi.

Ushbu ma'lumotlar va so'nggi o'yinlar natijasiga asosan, musobaqa jadvalidagi yangilangan holat quyidagicha ko'rinish oldi:

Tojikiston – 3 o'yin, 9 ochko (to'plar nisbati: +9)
O'zbekiston – 3 o'yin, 7 ochko (to'plar nisbati: +4)
Qirg'iziston – 3 o'yin, 3 ochko (to'plar nisbati: -4)
Turkmaniston – 3 o'yin, 2 ochko (to'plar nisbati: -4)
Afg'oniston – 4 o'yin, 1 ochko (to'plar nisbati: -5)


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia