So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Sergey Chigodaev - O'zbekiston U-16 terma jamoasining CAFA U-17 kubogidagi ilk o'yini haqida Yangiliklar

Sergey Chigodaev - O'zbekiston U-16 terma jamoasining CAFA U-17 kubogidagi ilk o'yini haqida

CAFA U-17 kubogi doirasidagi Qirg'iziston va O'zbekiston (1:5) terma jamoalari o'rtasidagi o'yindan so'ng o'smirlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Sergey Chigodaev kichik intervyu berdi.

- Birinchidan, barchani g'alaba bilan tabriklayman. Bizga muxlislik qilganlarga rahmat. O'yindan shuni aytishim mumkinki, yakuniy hisob qayd etilganiga qaramay, o'yin ancha og'ir kechdi - ayniqsa, birinchi bo'limda. Bolalar yosh, bu yoshda hayajonlanish yanada katta rol o'ynaydi. Ayniqsa, o'z muxlislari oldida. Bu jamoamiz uchun birinchi rasmiy turnir, yigitlar bunday darajadagi o'yinlarga endi ko'nikishmoqda. Ammo endi ishonchliroq o'ynashayotgani ko'rinib turibdi.

Ikkinchi bo'lim boshida bizda chetlatish yuz berdi. Ammo, undan keyin jamoa yanada yaxshiroq o'ynay boshladi. Bu biz uchun katta tajriba, bu o'yinni tahlil qilamiz. O'ylaymanki, bundan keyin faqat o'yin sifatida qo'shib boramiz.


- Sizningcha, jamoa nimaning hisobiga kamchilik bo'lib o'ynab, g'alaba qozona oldi? Chetlatish vaqtida hisob 1:0 edi, shundan so'ng jarima zarbasidan so'ng Qirg'iziston terma jamoasi hisobni tenglashtirdi. Demak, kamchilikda O'zbekiston terma jamoasi 35-40 daqiqada to'rtta to'p kiritgan.

- Bunaqasi futbolda bo'ladi. Aytish mumkinki, yigitlar o'zlarini yig'ib olishdi. Ular ancha yaxshi o'ynashni bilishadi va chetlatish ularni biroz "jonlantirdi." Shundan so'ng jamoa erkinroq o'ynadi va shu orqali g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi.

- Chetlatishdan so'ng jamoaga qanday ko'rsatmalar berdingiz?

- Biroz qayta qurib olishga to'g'ri keldi, albatta. Bizda tayanch yarim himoyachisi chetlatildi, shuning uchun hujumkor yarim himoyachini biroz pastga tushirdik. Shundan so'ng boshqa tayanch yarim himoyachisini tushirdik va maydon markazini yangiladik. Bolalarni ruhlantirdik va bilganingizcha o'ynanglar dedik. Chetlatishdan keyin ham qo'lni siltash kerak emas, o'yinni davom ettirish kerak. Aksincha, diqqatni bir joyga to'plab o'ynash kerak, chunki o'n kishi bo'lib o'ynashga to'g'ri keladi.

- Qirg'iziston terma jamoasi haqida nima deysiz? Birinchi bo'limda raqib juda yaxshi pressing qildi, jamoangizga xotirjam hujum boshlashga imkon bermadi, sizni deyarli darvoza oldida "yopib qo'ydi".

- Qirg'iziston bilan avval ham o'ynaganmiz, bu Turkiyadagi yig'inda bo'lgan. Raqib qanday o'ynashini bilardik. O'shanda Qirg'iziston ham yaxshi bosim o'tkazgandi. Bunday jamoa bilan pas orqali chiqish juda qiyin. Ayniqsa, bu yoshda futbolchilarda hali biroz mahorat etishmaydi, qaerdadir xato qilishdan biroz qo'rqishadi. Uzun uzatmalardan foydalanishga to'g'ri keldi, "ortdan" variantlar qidirildi. Birinchi bo'limda bu yomon chiqmadi, gol urishimiz mumkin edi.

- Keyingi o'yinda Eronga qarshi maydonga tushasiz. Eronliklarning murabbiylar shtabi ushbu o'yinda ishtirok etib, sizlarni bevosita kuzatib bordi. Eron terma jamoasini qanday o'rganmoqchisiz?

- O'yinni xuddi shunday stadiondan tomosha qilishni rejalashtirganmiz. Keyin o'yin yozuvi tayyor bo'lgach, o'yinoldi tahlilini tayyorlaymiz. Eron terma jamoasining turnirdagi birinchi o'yinidan so'ng kuchli va zaif tomonlari va jamoa qanday o'ynashi tushunarli bo'ladi.

- Turnir boshlanishidan oldin asosiy vazifangiz jamoani bo'lajak turnirlarga tayyorlash, tarkibni saralash ekanini aytgan edingiz. Shu bilan birga, O'FA rahbariyati sizga har qanday holatda ham turnirda g'alaba qozonish vazifasini qo'ymagan. Ammo, Qirg'iziston terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng va Eron bilan o'yinda muvaffaqiyatli natija qayd etilsa, O'zbekiston terma jamoasi g'oliblikka davogarlik qilishi mumkin. Shaxsan siz o'z oldingizga murabbiy sifatida ushbu turnirda g'alaba qozonish vazifasini qo'yasizmi?

- Albatta, bizning vazifamiz - jamoani tayyorlash, kelasi yili U-17 Osiyo Kubogida o'ynaydigan tarkibni aniqlash. Turnir boshlanishidan oldin ham shu haqda gapirgan edim. Bundan tashqari, keyinchalik mamlakat bosh jamoasida o'ynaydigan futbolchilarni tarbiyalashimiz kerak. Lekin bunda murabbiylar shtabida ham, futbolchilarda ham g'alaba qozonish istagi bo'lishi kerak. Har bir o'yinda g'alaba qozonish va o'zimizda "g'oliblik ruhi"ni tarbiyalash kerak. Bularning barchasini birlashtirish kerak.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика