Sofascore. Niderlandiya terma jamoasi a'zosi 10 ball oldi. Bizning terma jamoadan eng yuqori baho kimga nasib etdi

9 iyun 2026, 07:55
Kecha O'zbekiston MTJ JCH oldidan so'nggi nazorat uchrashuvida Niderlandiyaga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Uchrashuv Yevropa jamoasining 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Sofascore nashri ushbu uchrashuv uchun futbolchilarga o'z bahosini qo'ydi. Uchrashuvda dubl qayd etgan Kodi Gakpo 10 bahoga loyiq ko'rildi. Terma jamoamizdagi eng katta bahoni esa Igor Sergeev oldi. Zaxiradan maydonga tushib gol urgan hujumchimizga nashr 7,6 bahoni qo'ydi. Terma jamoamizdagi eng past bahoni esa Jahongir O'rozov olgan. Himoyachi 5,8 bahoga loyiq ko'rildi.

Snimok ekrana 2026-06-09 073145.pngSnimok ekrana 2026-06-09 073125.png

O'xshash yangiliklar


Manba: Sofasocore