So’nggi yangiliklar

08:00Назорат учрашуви. “Нефтчи“ “Нефтчи“ билан дуранг ўйнади  1 07:37U-18 терма жамоамиз Беларусга ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди  6 02:17ЖЧ-2026 саралаши. Нидерландия ва Австрияда ғалаба, Албания ва Сербия ўртасидаги баҳсда ҳисоб очилмади  2 01:17Флик 36 ёшли футболчини "Барселона"да кўрмоқчи  5 00:03ЖЧ саралаши. Англия Андоррага биттагина гол ура олди  4 23:26Гарначо МЮни тарк этади. Вингерга қайси клублар қизиқмоқда?  2 22:50Дембеле жароҳат олди  0 22:07"Барселона" тер-Штегендан қутулишни истамоқда  9 21:59Назорат ўйини. "Насаф" - "Сўғдиёна" баҳсида 7та гол урилди  1 21:40Григорий Колосовский: "Биз жуда ёмон ўйнадик. Рақиблар ғалабага яқин эди"  2 21:20Айбек Нурбаев: "Биз икки очко йўқотдик"  1 20:55Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Қатар терма жамоаси сафида ўзгариш  28 20:25"Локомотив" меҳмонда "Жайхун"ни мағлуб эта олмади  4 19:58"Реал" ва "Бавария" Доннарумма учун курашга киришиши мумкин  3 19:14"Фенербахче" Де Брюйне учун курашга қўшилди  5

Orzu yo'lining muvaffaqiyatli yakuni yoxud har qadamda tarixga kirgan Kapadze Yangiliklar

Orzu yo'lining muvaffaqiyatli yakuni yoxud har qadamda tarixga kirgan Kapadze

Odamlar odatda manzilga etish uchun xaritadan foydalanadi. Kerakli manzillar xaritada qayd etib qo'yiladi.

Eng tor ko'chalarga kirishdan oldin ham avval xaritaga qaraladi. Ammo biz haqida so'z borayotgan yo'l, dunyo xaritasida belgilanmagan, globusda nomalanmagan manzil edi. Bu — futbolda musobaqalar gultoji sanalmish Jahon chempionatiga olib boruvchi yo'l edi.

Bu yo'lni biz 34 yil izladik. Shu maqsadda necha marta karvonni manzilga qarata burdik. Bir necha bor endi etib qolgandek bo'ldik, biroq har gal qandaydir sabab bilan karvon yana ortga qaytdi. Turli murabbiylarni taklif etdik, ular o'z bilim va tajribalari bilan yo'l ochishga urinishdi. Ammo hech biri bu mashaqqatli yo'lni oxirigacha etib bora olmadi. Nihoyasida esa biz Jahon chempionati sari olib boruvchi, ammo hech qaysi xaritada belgilanmagan manzilga Srechko Katanec va Timur Kapadze boshchiligida etib bordik. Kapadze – shunchaki murabbiy emas, u har qanday sharoitda natija uchun ishlashni, mavjud vaziyatdan maksimal foyda keltirishni maqsad qilgan, masuliyatni zimmasiga olishdan chekinmagan mutaxassisdir. U ishlagan har bir klub yoki terma jamoada maqsad aniq, yo'nalish ravshan bo'lgan.

Shaxsan men Kapadzeni murabbiylik faoliyatining ilk yillaridanoq kuzatib kelaman. Shu bois, u haqidagi fikrlarimni aniq faktlar va shaxsiy kuzatuvlar asosida bayon etishni lozim topdim.

2019 yil. “Lokomotiv” yoshlari bilan chempionlik poydevori va “Qo'qon-1912”ni qutqarish missiyasi

2019 yil Timur Kapadze murabbiylik faoliyatida muhim qadamlar tashlangan yil bo'ldi. U “Lokomotiv” jamoasining o'rinbosarlarini qabul qilib oldi va debyut mavsumidayoq yoshlardan iborat jamoa bilan jiddiy natija qayd etdi. Shu paytgacha yosh “temiryo'lchilar” hech qachon turnir jadvalida peshqadamlik qilmagan edi. O'sha mavsum yakunida jamoani Rifat Akramxo'jaev boshqargan bo'lsa-da, asosiy poydevorni aynan Kapadze qo'yib bergani inkor etilmaydi.

Mavsum o'rtasiga kelib, yana bir sinov — “Qo'qon-1912” klubi bilan bog'liq murakkab missiya paydo bo'ldi. Superligada jon saqlash uchun kurash olib borayotgan “shunqorlar” jiddiy "krizisga" uchragan, jamoa turnir jadvalining eng quyi pog'onasida qolib ketgan edi. Ikkinchi davra boshida Kapadze “Qo'qon-1912”ga yo'l oldi. Garchi u rasman bosh murabbiy sifatida emas, balki norasmiy maqomda faoliyat yuritgan bo'lsa-da, bosh murabbiy Aziz To'xtaboev bilan hamjihatlikda jamoaning o'yinini to'g'ri yo'lga solishga muvaffaq bo'ldi.

Natija qay tarzda o'zgargani raqamlarda aniq ko'rinadi:

Birinchi davrada jamoa 13 ta o'yinda atigi 1 ta g'alaba, 5 ta durang va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan holda 8 ochko bilan oxirgi o'rinda borayotgan edi.

Ikkinchi davrada esa “Qo'qon-1912” 13 ta bahsda 5 ta g'alaba, 3 ta durang va 5 ta mag'lubiyat bilan 18 ochko to'plab, 11-o'ringa ko'tarildi va Superligada qolishga erishdi.

Shunday qilib, 2019 yil Timur Kapadze uchun murabbiylikdagi ilk jiddiy sinovlardan biri bo'ldi va u bu sinovni ikki frontda ham muvaffaqiyat bilan engib o'tdi. Yoshlar bilan natija, kattalar bilan esa amalda qutqaruv missiyasini bajarish — bu yil Kapadze murabbiylik salohiyatining ilk jiddiy yoritilishi bo'lib tarixda qoldi.

2020 yil. “Lokomotiv”da takrorlangan scenariy yoxud Kapadze yana “qutqaruvchi” rolida

Yuqori o'rinlar va chempionlik unvoni uchun kurashib kelayotgan “Lokomotiv” 2020 yilda kutilmagan inqirozga duch keldi. Jamoa o'sha mavsumda barqarorlikni yo'qotdi, futbolchilarning kayfiyatida va o'yinida tushkunlik sezilardi. Ayniqsa, “Paxtakor”dan 0:7 va “Nasaf”dan 0:4 hisobidagi mag'lubiyatlar jamoa ishtiyoqini tag tomiri bilan qirqib tashladi. Aynan shu paytda klub muammoni hal etish uchun bugunga qadar o'zini “qutqaruvchi” sifatida namoyon etgan Timur Kapadzega yuzlandi. U qisqa fursat ichida jamoani kayta ruhlantirdi, o'yinda taraqqiyot ko'zga tashlandi, natijalar ham o'zgardi.

Faktlar guvoh:

– Birinchi davrada: 13 o'yin, 4 g'alaba, 9 mag'lubiyat, to'plar nisbati 13–28, jami 12 ochko.

– Ikkinchi davrada: 13 o'yin, 6 g'alaba, 5 durang, faqat 2 mag'lubiyat, to'plar nisbati 15–10, jami 23 ochko.

Ikkinchi davra natijalariga ko'ra “Lokomotiv” “Paxtakor” va “Nasaf”dan keyin uchinchi o'rinni egalladi. Bunday o'zgarish ortida yana Kapadzening ishongan murabbiy sifatidagi tasiri turgani shubhasiz.

2021 yil. “Olimpik” bilan Superliga sari – yoshlarning zafarli qadami

Odatda “Olimpik” kabi jamoalar nega kerak, degan savollar tez-tez yuzaga chiqadi. Ammo Kapadze matbuot anjumanlaridan birida bu savolga javobni qisqa va lo'nda qilib berdi: “Agar klublarda hamma sharoit bo'lganida, “Olimpik” kerak emas edi.”

Darhaqiqat, Kapadze asosiy tarkibda o'ynay olmayotgan futbolchilarni jamlab, yaxlit jamoa tuzdi va ularni raqobatbardosh kuchga aylantirdi.

Pro-ligada “Olimpik” “Neftchi”, “Dinamo”, “Buxoro”, “Sho'rtan” kabi tajribali jamoalarni mag'lub etdi. Utish o'yinida esa “Mashal” ustidan g'alaba qozonib, Superliga yo'llanmasiga sazovor bo'ldi.

Etiborli fakt: “Olimpik”ning o'rtacha yoshi – 20,1. Qiyoslash uchun aytaylik, “Neftchi”da bu ko'rsatkich – 27,8, “Dinamo”da – 25,8, “Mashal”da – 26,5. Bu natijalar Kapadzening murabbiy sifatida yoshlar bilan qanday ishlay olishini yaqqol namoyon qiladi.

2022 yil. Osiyo kubogidagi alamli ko'z yoshlar – umid bilan sug'orilgan final

O'zbekiston U-23 terma jamoasi 2022 yilda tarixda ilk bor bu yoshdagi qita turnirga mezbonlik qildi. Timur Kapadze qo'l ostidagi jamoa asosan 2001 yilda tug'ilgan futbolchilardan tashkil topgan bo'lib, ular uchun bu musobaqa debyut sanalgan. 

Guruh bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. Chorak finalda Iroq penaltida engildi – hech narsaga qaramasdan, bir kishi kam bo'lgan jamoa aqlbovar qilmas irodani namoyon qildi. Yarim finalda Yaponiya 2:0 hisobida mag'lub etildi. Finalda esa Saudiya Arabistoni ustun keldi – 0:2. Lekin bu mag'lubiyatdan ko'ra ko'proq umid, kelajak va ishonch ko'zga tashlandi. Yigitlar va ularni boshqargan murabbiy kelgusida Olimpiada masalasini hal qilishga qodir ekanliklarini namoyon etdilar.


2023 yil. Xirosima ertagi takrorlanmadi, lekin yangi tarix yozildi

1994 yildagi Xirosimada qozonilgan oltin medal singari natijani yana kuzatish orzusi so'nmagandi. 29 yildan so'ng Xanchjouda o'tgan Osiyo o'yinlarida Kapadze boshchiligidagi terma jamoa yarim finalgacha etib bordi va tarixda ilk bor bronza medalini qo'lga kiritdi.

Bu muvaffaqiyat osonlikcha kelmadi. Jamoa o'z sinovlarini mahorat bilan engib o'tdi. Etiborlisi – yarim finalgacha etib kelgan yo'lda “sahro lochinlari” yani Saudiya Arabistoni termasi yana to'siq bo'ldi. Lekin bu safar, bronza ham oltin qiymatga ega natijaga aylandi – o'zbek futbolining tarixida ilk bor Osiyo o'yinlarida bronzaga ega chiqildi.

2024 yil. Orzudagi yo'l zafar bilan tugadi

Futbolda har qanday ibtido muvaffaqiyatli yakun talab qiladi. Timur Kapadze olib borgan ishlar 2024 yili o'z mantiqiy nuqtasini topdi. Qatarda o'tgan Olimpiada saralash bosqichi – U-23 Osiyo kubogida O'zbekiston termasi finalgacha etib bordi va Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Bu safar ham kuchli futbolchilar jamlangandi, ammo avvalgilardan farqi – murabbiy faktori edi. Oltin avlod oltin murabbiyga ishondi. Kapadze boshchiligida jamoa nafaqat natija qayd etdi, balki yangi mentalitet bilan o'ynadi. Olimpiadaga chiqish – bu nafaqat musobaqada ishtirok, balki uzoq yillik mehnatning so'nggi mukofoti, tinimsiz harakatlarning cho'qqisi bo'ldi.

2025 yil. Orzular fasli: Jahon chempionati yo'llanmasi

2025 yil — O'zbekiston futbol tarixida tilga olishga arzigulik sana. 5 iyun kuni BAAga qarshi hal qiluvchi o'yinda terma jamoamiz ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Bu natija bir yil ichida amalga oshirilgan ikki ulkan missiyaning mantiqiy davomi edi.

Kapadze Sloveniyalik mutaxassis boshlab bergan ishga so'nggi nuqtani ajoyib tarzda qo'ydi. Bir yil ichida Olimpiada va Jahon chempionati – bu so'zlar bilan tasvirlab bo'lmaydigan yutuq. Bu safargi natijalarda nafaqat mahorat, balki o'zgarishni istagan qalb ovozi, ezgu niyat va ixlos aks etgandi.


Amerikada ko'rishguncha!

Timur Kapadze boshlagan murabbiylik safari yillar davomida o'ziga xos zafar yo'liga aylandi. “Qutqaruv” missiyalaridan boshlangan yo'l Olimpiada va Jahon chempionatigacha olib keldi. Endilikda uning tarixi — o'z yo'li bor, o'z uslubiga ega o'zbek murabbiyi tarixi. Futbolda bazi ismlar borki, ularni bir mavsum, bir g'alaba yoki bir to'siq bilan eslab qolamiz. Ammo shunday shaxslar ham chiqadiki, ular o'z yo'lini bosib o'tadi, bosgan har qadami bilan tarix yozadi. Timur Kapadze aynan shunday shaxs. Uning futbolchilar safidagi faoliyati ham, murabbiylikdagi safarlari ham ezgu orzular, murakkab sinovlar va so'nmas ishonch bilan to'ldi. Bu yo'lda har bir yil bir bosqich, har bir bosqich esa tarixiy zarbalardek mustahkam urilgan lavhalarga aylandi.

Sehrli diyordagi sarguzashtlar oldinda. Biz esa yangi sahifalarga tayyormiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

+5   
07 iyu 16:20:12
Jons
O'z ustida ishlashda davom etaverishi kerak. Muhimi yo'li, qarashlari, maqsadlari to'g'ri, omadini bersin.
+4   
07 iyu 21:27:16
229
Тайёр ошга баковул бўлди Копадзе. Бизникиларни режасида бор эди бу план. Яъни Катанецни нима бўлса хам йўқ қилиш. Агар ЖЧ номига бориб ўйнаб келиш бўлса Копадзе қолсин. Агар шов шув қилмоқчи бўлса яхшироқ мураббийни топиш керак хозирдан.
+4   
07 iyu 14:44:45
Bekzod Sharipov
Men Temur Kapadzening ko'z yoshlarini yaxshi eslayman. Terma jamoa mag'lub bo'lgan o'yinlardagi. Toshkent finalidagi. Unga Alloh sabri uchun go'zal mukofotini berdi. Barchamizga berdi. Alhamdulillah... G'alabalar muborak O'zbekistonim!!!
+2   
07 iyu 21:04:44
M Xolikov
Xala Madrid foydalanuvchining fikriga javob berish
Kapadze uchun maxsus zakaznoy maqola. To'g'ri biz Kapadze boshchiligida JCH ga chiqdik. Lekin bu degani Kopa zo'r murabbiy degani emas. JCH da munosib ishtirok etishni istasak chetdan yaxshi murabbiy olib kelish kerak. Agar bu murabbiy bn borsak sharmanda qiladi. Huddi olimpiyskiy terma jamoa kabi.
Манам шу фикрда эдим
+2   
07 iyu 21:04:18
Salah Muhammad
Ўзбекистон ни буюк галабалари фақатгина ўзимиззи мураббийлар билан бўлган Хиросима дейсизми Осие ярим финалими олимпиада. Ёшлар чемпионликларими хуллас ўзимизикилар Ўшанга борку имкон беравериш керак Мураббийлар ҳам етишиб чиқсинда дунё ареналарига қачон гача чет элникини ялашни тўхтатамиз( хўроз қантни) Шу таркиб билан Қосимов Иниллеевлар чиқарди ЖЧга имкон берилса Бабаян дан ташқари Футбол ни Хозир ҳамма жойда тушуниб қолди Кўритмиз ўша араблар оркелитган мураббий у ўйиннчиларини
+2   
07 iyu 21:00:57
Mr Azimov
Kapadze qabul qilib oganda bazi bir chala expertlar bo‘ldi JCh uxladi, deb fol ochgandi. Va bundan battar loy chaplagandi. Endi uyalmasdan galabani nishonlab, ana endi yana qayta inidan chiqib mingirlashni boshladi. Mayli sanladaka negativlar ham kerak hayotda...
Jch ga boradigan murabbiyga nima kerak?
1.Yaxshi joylada amaliy nazariy bilim olgan bo‘lishi kere.
2.Oldin bir ikkita natija qilgan bo‘lishi kere.
3.O‘sha TJ mentalitetini yahshi tushunishi kere.
4.Metodikasi zamonaviy futbolga mos bo‘lishi kere.
Hammasi borku unda.
Olimpiadani gapirasanla doim. O‘zbekiston termasi tushib qolgan sharoitga va birinchi marta qatnashishimizga yaxshi natija bo‘ldi. Katanesga 3 yil vaqt berildi. Vaqtida ketmaganda hozir yana boshimizzi ushab o‘tirgan bo‘lardik. U uzr hayr dib surgan bo‘lardi. Kapadzeda 1 yil vaqt bor endi bemalol o‘zi boshqattan jamoa yigadi o‘z uslubini singdiradi. Sensatsia ko‘rsatadi Jch da.
+2   
07 iyu 18:18:36
Мирзаев Б
Xala Madrid foydalanuvchining fikriga javob berish
Kapadze uchun maxsus zakaznoy maqola. To'g'ri biz Kapadze boshchiligida JCH ga chiqdik. Lekin bu degani Kopa zo'r murabbiy degani emas. JCH da munosib ishtirok etishni istasak chetdan yaxshi murabbiy olib kelish kerak. Agar bu murabbiy bn borsak sharmanda qiladi. Huddi olimpiyskiy terma jamoa kabi.
Кечирасиз, отжмиз олимпиадада натижа килолмагандур лекин муносиб катнашди гурухда хеч кайси жамоадан паст катнашмади факат озгина омад етишмади яна таркиб хам асосан чемпионатимизда уйнайдиганлар боллар эди таккослаш учун испания ,миср уйинчилари европа топ лига уйинчилари эди
+2   
07 iyu 17:51:02
Jakhongir
DRAKON foydalanuvchining fikriga javob berish
Катанец ошни пишириб дамлаб кетганди,фақат ошни сузиб бериш қолганди,сузиб бериш каподзега насиб қилган экан,саралаш тугагач каттадан катта рахмат айтиб копадзе билан хайрлашишимиз керак,ЖЧда муносиб қатнашишни хохласак термага четдан кучли мурабий чақиришимиз,керак,ЖЧга термаммзни чет эллик тажрибали биронта мурабий таерлаши керак деб уйлайман,темурга хали тажриба камлик қиларкан,БАА билан уйинда уни таркиб танлашдаги хатолари сал қолса қиматга тушар эди,формадагиларга эмас номларга қараб таркиб танлаган,маркизий химояда уз жамоасида купдан бери захирада қолиб кетаетганларни туширгани катта хато булганини уйин охирларидаги рақибларни хафли зарбаларидан хам билсак булар эди,яхшиямки Уткир узини курсатди ва бизни мудатидан олдин ЖЧга олиб чиқди,марказий химояда уйнаган номлар чечиб қуйишди,шуни узиям Копадзеда тажриба камлигини курсатиб турибди
Katanets bilan Qatar kabi Eronga ham mag'lub boʻlib qaytardik BAA bilan esa yotib olib oʻynardik. Man uni xizmatlari bor dib oʻylamiman hech qaysi oʻyinda
+2   
07 iyu 17:40:03
Xala Madrid
Kapadze uchun maxsus zakaznoy maqola. To'g'ri biz Kapadze boshchiligida JCH ga chiqdik. Lekin bu degani Kopa zo'r murabbiy degani emas. JCH da munosib ishtirok etishni istasak chetdan yaxshi murabbiy olib kelish kerak. Agar bu murabbiy bn borsak sharmanda qiladi. Huddi olimpiyskiy terma jamoa kabi.
+1   
08 iyu 01:01:36
O'zbegimVatanim
Ha Kopadze taktik oʻzgarish qimagandir lekin oʻyinda yuqori pressing raqib tomonda kutib olish shundoq sezilib turibti. BAA ni yaqinlashtirmadik umuman bir ikki yuqorida uzatmalar bilan yarim chala zarbalar beroldi holos. 4ta himoyachi bilan bundanam zoʻr oʻynimiz dib oʻyliman lekin JChda bizdan kuchli boʻladi barcha raqib 5ta bilan oʻynashimiz mantiqan toʻgʻri
+1   
08 iyu 00:57:59
O'zbegimVatanim
Qatar bilan Osiyo kubogi va saralashdagi qoʻrqoq oʻyinlar sabab yutqizganimizmi yoki bir kishi kam Eron bilan yotib olib oʻynaganimizmi ? Katanets zoʻr boʻlsa doim yutib yurgan Qatarga ketma ket mag'lub boʻlarmidik ? Kopadze ham hali zoʻr demoqchi emasman uni taktikasini hali koʻrmadik keyinroq fikr bildiramiz
+1   
07 iyu 23:17:19
N N
Кападзе инсон ва мураббий сифатида яхши Зур лекин асосий ишни Катанец килди шу мураббийни хам унутишмаса яхши буларди 95 % ишни шу Катанец килиб кетганийди
+1   
07 iyu 19:35:36
Zayniddin
Агар тренер чёт эллик булганда куз ёш килмасди, навбатдаги галаба деб Кабул киларди холос, Темур Копадзени тарифлашга суз ожиз, рахмат
+1   
07 iyu 18:46:04
Bebetto Omadov
DRAKON foydalanuvchining fikriga javob berish
Катанец ошни пишириб дамлаб кетганди,фақат ошни сузиб бериш қолганди,сузиб бериш каподзега насиб қилган экан,саралаш тугагач каттадан катта рахмат айтиб копадзе билан хайрлашишимиз керак,ЖЧда муносиб қатнашишни хохласак термага четдан кучли мурабий чақиришимиз,керак,ЖЧга термаммзни чет эллик тажрибали биронта мурабий таерлаши керак деб уйлайман,темурга хали тажриба камлик қиларкан,БАА билан уйинда уни таркиб танлашдаги хатолари сал қолса қиматга тушар эди,формадагиларга эмас номларга қараб таркиб танлаган,маркизий химояда уз жамоасида купдан бери захирада қолиб кетаетганларни туширгани катта хато булганини уйин охирларидаги рақибларни хафли зарбаларидан хам билсак булар эди,яхшиямки Уткир узини курсатди ва бизни мудатидан олдин ЖЧга олиб чиқди,марказий химояда уйнаган номлар чечиб қуйишди,шуни узиям Копадзеда тажриба камлигини курсатиб турибди
+5
+1   
07 iyu 17:48:14
Jakhongir
Shu faqat bosim tufayli hali ham Katanetsni taktikasida oʻynamoqdamiz. Endi Qatar bilan balki Kopani hujumkor taktikasini koʻrarmiz?
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика