So’nggi yangiliklar

20:21Эрон Про лигаси. "Истиқлол" ўз уйида мағлубиятга учради, Машарипов қайдномадан ўрин олди  3 20:18"Кристал Пэлас" — "Тоттенхэм". Лондон дербиси учун таркиблар маълум  0 20:10БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Абдуллаев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 19:54"Бавария" икки муҳим ўйинчиси билан шартномани узайтиради  0 19:01Раҳим Стерлингга АПЛдан янги даъвогар пайдо бўлди  0 18:32А Серия. "Милан" ўз уйида "Верона"ни мағлуб этди  2 18:02"Кремонезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 16:15"Ливерпуль” Родриго учун қанча тўлашга тайёрлиги маълум бўлди  2 15:492025 йилнинг "энг яхши ёш футзалчиси" Абдулборий Илёсов: "Бу соврин мени янада кучлироқ қилади"  2 15:22Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Қизилқум"дан устун келди  7 14:58"Челси" Англия ёшлар терма жамоаси сардорини нишонга олди  0 14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  10 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0

“CAFA U-17 Championship 2025” boshlanmoqda Yangiliklar

“CAFA U-17 Championship 2025” boshlanmoqda

Bugun O'rta Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi CAFA U17 musobaqasi start oladi.

Musobaqada Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston U16 terma jamoasi ishtirok etmoqda. Kuni kecha qura tashlash marosimi o'tkazildi va ishtirokchilar uch nafardan ikki guruhga bo'linishdi. O'smirlarimiz "A" guruhida Qirg'iz Respublikasi va Eronlik tengqurlari bilan pley-off bosqichi yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.



O'tgan yilgi musobaqa

Xabaringiz bor, CAFA musobaqalari bir necha yillardan buyon Tojikiston poytaxti Dushanbeda o'tkazilib kelayotgan edi, ammo joriy yilgi musobaqa yurtimizda o'tkazilmoqda. 2024 yilgi turnirda o'smirlarimiz Turkmaniston va Eron terma jamoalarini bir xil 1:0 hisobida mag'lub etib, finalga yo'l olishgan edi. Finalda bahsida esa Afg'onistonlik o'smirlar terma jamoamizni 0:1 hisobida mag'lub etib, chempionlikni qo'lga kiritishgan edi.



Bosh murabbiy qanday fikrda?

O'smirlar terma jamoamiz bosh murabbiyi kechagi matbuot anjumanida musobaqa startidan avvalgi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Musobaqada qatnashadigan terma jamoalarni bu erda ko'rib turganimizdan xursandmiz. CAFA turniri Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat biz balki qolgan jamoalar uchun ham foydali musobaqa bo'lishi tabiiy. Oldinda bizni qiziqarli va murosasiz o'yinlar kutmoqda. Hamma jamoalarga omad tilab qolaman",- deydi Sergey Chigodaev.


Tarkib 

Bosh murabbiy tomonidan yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Olim Shomuratov ("Paxtakor"), Denis Juravlev ("Paxtakor"), Platon Dolskiy ("Lokomotiv").

Himoyachilar: Abubakir Rahimov ("Odil Ahmedov FA"), Davron Tolqinov ("Oq-tepa"), Asadbek Abdualiev ("Paxtakor"), Sunnat Ibragimov ("Paxtakor"), Mirjamol Anvarov ("Odil Ahmedov FA"), Afzal Jumaboev ("Bunyodkor"), Nurmuhammad O'ktamov ("Paxtakor"), Muhammadaziz Ro'ziboev ("Bunyodkor").

Yarim himoyachilar: Soginch Marupov ("Namangan FA"), Amirxon Erkinov ("Odil Ahmedov FA"), Farruh Hayitmurodov ("Paxtakor"), Islom Ravshanov ("Paxtakor"), Humoyun Sindarov ("Odil Ahmedov FA"), Mirkomil Murodov ("Bunyodkor"), Husan Otabekov ("Lokomotiv"), Jahongirmirzo O'ktamboev ("Bunyodkor"), Odilxon Orifxonov ("Odil Ahmedov FA").

Hujumchilar: Bilol Qurbonov ("Paxtakor"), Suhrob Sadirjonov ("Paxtakor"), Ahrorbek Ravshanbekov ("Andijon FA"), Laziz Abduraimov ("Zomin"), Rustam Aliev ("Surxon").



Chempionlar izdoshi

Aprel oyida U17 Osiyo chempionati Saudiya Arabistonida o'tkazilgan edi va yakunda terma jamoamiz oltin medallarni qo'lga kiritgan edi. Islombek Ismoilov jamoasining izdoshlari CAFA musobaqasida ishtirok etadigan tarkib bo'ladi. Ular keyingi yili  U17 Osiyo chempionatida ishtirok etishadi. Shuningdek, aynan ushbu avlod 2032 yilgi Olimpiya o'yinlari saralashida ishtirok etadigan tarkib hisoblanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика