O'zbekiston U16 terma jamoasi BAA vakillariga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Alisher
28 okt 2020, 14:56
Osiyo chempionatiga hozirlik ko'rayotgan U16 O'zbekiston terma jamoasi uchun 29 oktyabrdan 9 noyabrgacha o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil etiladi.

Olim Shokirov murabbiyligi ostidagi o'smirlar jamoamiz ertaga Toshkentda yig'iladi va 1 noyabrga qadar Chig'atoy bazasida mashg'ulot o'tkazadi. Mazkur mashg'ulotlarga murabbiylar shtabi 25 nafar futbolchini jalb etgan.

2 noyabr kuni 23 nafar futbolchidan iborat O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Dubay shahriga yo'l oladi. Yig'in doirasida O'zbekiston va BAA o'smirlari o'rtasida ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkaziladi. Ushbu uchrashuvlar 4- va 7 noyabr kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Mazkur yig'inga chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxati: 


Darvozabonlar:

1. Kenjaev Asror

2. Maxmudov Xusan

3. Sergeev Edem


Himoyachilar:

4. Otamurodov Javoxir

5. Baxtiyorov Javoxir

6. Abdurazakov Mirkamol

7. Todorov Kiril

8. To'xtasinov Toxir

9. O'rozov Jaxongir

10. Poyonov Sunat

11. Xusanov Abduqodir


Yarimhimoyachilar:

12. Koxorjonov Asad

13. Xabibullaev Nodir

14. Usmanov Muxammadali

15. Xayrullaev Alisher

16. Islamov Rian

17. Beglarxanov Asad

18. O'rinboev Muxammadali

19. Jumaxonov Po'lat

20. Pazildinov Muxriddin

21. Akbaraliev Shaxzod

22. Akramov Shaxzod


Hujumchilar:

23. Xojiboev Sardor

24. Turdimurodov Rustam

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz