U16 Osiyo chempionati. Eron ikkinchi finalchi

Narzulla Saydullayev
29 sen 2016, 21:02
Hindistondagi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ikkinchi yarim final bahsi bo'lib o'tdi.

Eron va KXDR o'rtasidagi bahsda 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa forslar omadliroq chiqishdi va finalga chiqishdi - 6:5.

Birinchi yarim finalda Iroq o'smirlari Yaponiyani 4:2 hisobida mag'lub etib va hal qiluvchi o'yinga yo'llanma olgandi.

Eslatib o'tamiz, musobaqaning final uchrashuvi 2 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:30ga belgilangan.



Yarim final

15:30 - Yaponiya - Iroq 2:4

Gollar: Xirota Yamada 30, 42 - Muhammad Dovud 19, 81 penalti, 90+4 penalti, Muntazer Abdulsada 67


18:30 - Eron - KXDR 1:1 (penaltilar seriyasi 6:5)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia