O'zbekiston U16 terma jamoasi Tojikiston U16'ga kichik hisobda mag'lub bo'ldi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2020, 22:06
Xabaringiz bor, O'zbekiston U16 terma jamoasi Tojikiston vakillari bilan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun Xo'jand shahriga yetib borgan edi.

Bugun ikki qo'shni mamlakat o'smirlari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvlarining dastlabkisi bo'lib o'tdi.

"Mustaqillikning 20-yilligi" nomli stadionda o'tgan bahsda Tojikiston U16 terma jamoasi 1-0 hisobida g'alabaga erishdi.

24 sentyabr kuni mazkur stadionda O'zbekiston va Tojikiston U16 terma jamoalari o'rtasidagi navbatdagi uchrashuv tashkil etiladi.

Tojikiston U16 – O'zbekiston U16 1:0 

Gol: Xusrav Toirov 16'

O'zbekiston U16: A. Kenjaev, S. Poyonov, M. Abdurazokov, A. Xusanov, A. Vaniev, M. Usmonov, A. Xayrullaev, R. Islamov, SH. Akramov, A. Qoxorjonov, R. Turdimurodov

Zaxiradan maydonga tushganlar: X. Mahmudov, V. Pogosyan, T. To'xtasinov, A. Zevadinov

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UFA.uz