O'zbekiston U-16 termasi Indoneziya bilan durang o'ynadi

27 avg 2026, 23:50
O'zbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziyaga (U-16) qarshi ikkinchi o'rtoqlik bahsida 1:1 hisobida durang o'ynadi.

O'zbekiston - Indoneziya 1:1

Gol: Hojiakbar Zulfikorov

Asosiy tarkib: 1. Jasurbek Bahriddinov, 3. Hojiakbar Zulfikorov, 6. Abdulaziz Bobirov, 10. Ro'zimurod Ro'zimurodov, 14. Shohjahon To'raqulov, 17. Abubakr Mamatov, 18. Hasan Uralov, 19. Fayz Achilov, 22. Abdulloh Xolmamatov, 24. Husan Uralov, 25. Yaxyo Baxtiyorov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Hayitmurodov, Abduvaliev, Shuhratillaev, Akbaraliev, Xayrullaev, Samatov.

Uchrashuvda durang natija qayd etilganligi sababli jamoalar penaltilar seriyasida ishtirok etdi. Unda O'zbekiston U-16 terma jamoasi 4:3 hisobida g'alaba qozondi.

O'xshash yangiliklar


Manba: ЎФА матбуот хизмати