Xursandchilikdan keyingi "bo'shliq"ni to'ldirishi lozim bo'lgan Kapadze sevimli uslubiga qaytadimi?!
10 iyu 14:14
Yangiliklar


Xursandchilikdan keyingi "bo'shliq"ni to'ldirishi lozim bo'lgan Kapadze sevimli uslubiga qaytadimi?!
Bugun O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasidagi so'nggi bellashuvni o'tkazadi. Biz 5 kun oldin mundial yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lganmiz. Tarixda ilk bor uddalangan ushbu vazifadan keyin hamon bayramona kayfiyatda yuribmiz. Xursandchilik va tabriklar hamon to'xtamayapti. Bu holat menga bir vaziyatni eslatmoqda. O'tgan yili Qatarda o'tkazilgan U-23 Osiyo kubogi yarim finalida Indoneziyani taslim qilib Olimpiadaga chiqqan paytlarimizni. O'shanda ham juda katta bayram bo'lgan va tabriklar tinmagan edi. Xursandchilik va bayramning bitta minus tarafi bor: emociya tugab qolishi mumkin. Yani, futbolchilar ruxiyatida "bo'shliq" yuzaga keladi. Bir yil oldin olimpiya terma jamoamizga yarim finaldan keyingi xursandchiliklardan so'ng finalda emociya etishmagan edi. Bugun esa milliy terma jamoamizda o'sha vaziyat takrorlanmasligi uchun ikkita omil yordam berishi mumkin: O'z uyimizda stadion to'la muxlislar qarshisida to'p tepishimiz va mamlakatimiz prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning shaxsan o'zlari yigitlarning o'yinini tomosha qilib ularni mundial yo'lanmasi bilan tabriklash uchun kelishlari. Shu ikki omil murabbiylarga uddalangan vazifa va xursandchilikdan keyin yuzaga keladigan "bo'shliq"dan futbolchilarni olib chiqishlariga ko'maklashadi, nazarimda.
Kapadze terma jamoa boshqaruviga kelganida Katanecning o'yin uslubi va tarkibini ham deyarli o'zgartirmadi. Endi esa vazifa bajarildi va shaxsiy fikrimcha bosh murabbiyimiz JCH-2026 gacha o'z o'yin uslubi va taktikalarini futbolchilarga singdirib boradi. Kapadze odatda 4-3-3 va 4-2-3-1 taktik sxemalaridan ko'proq foydalanadi. Aynan shu sxemalar u uchun sevimli desa ham bo'ladi. Balki bugungi o'yindayoq biz terma jamoamizni yuqoridagi ikki sxemadan birida ko'rarmiz. Uyog'iga esa JCHgacha o'z uslubida tayyorlaydi jamoani. Kapadze olimpiya terma jamoasida 3 markaziy himoyachi bilan o'ynab ko'rgan, lekin bu uning sevimli uslubi emas. JCH-2026da terma jamoamizni 4-3-3 yoki 4-2-3-1 sxemalarida ko'ramiz, markaziy himoya tandemimiz Aliqulov - Husanov bo'lsa kerak buyog'iga.
Olg'a, O'zbekiston!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Сречко Катанец хакикатда зур ишлади