So’nggi yangiliklar

02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  39 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

JCH-2026 saralash bosqichi. O'zbekiston Qatarni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi Yangiliklar

JCH-2026 saralash bosqichi. O'zbekiston Qatarni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

JCH-2026 3-saralash bosqichi 10-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Qatar bellashuvi yakunlandi.

Uchrashuvda terma jamoamiz 3:0 hisobida g'alabaga erishdi va saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunladi. Terma jamoamiz safida Azizbek Turg'unboev, Eldor Shomurodov va Igor Sergeevlar raqib darvozasini ishg'ol etishdi. 

JCH 3-saralash bosqichi

"A" guruhi. 10-tur

O'zbekiston – Qatar 3:0 

Gol: Aziz Turg'unboev 28, Eldor Shomurodov 86, Igor Sergeev 90+3.

Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:45

Bosh hakam: Ma Nin (Xitoy)

Qanot hakamlari: Jou Fei, Jan Chen (ikkisi – Xitoy)

Zaxira hakami: Jin Jinyuan (Xitoy)

VAR: Fu Min (Xitoy) 

AVAR: Shen Yinxao (Xitoy)

O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov (20.Islom To'xtaxo'jaev 90), 6.Akmal Mozgovoy, 9.Odiljon Hamrobekov (17.Abdurauf Bo'riev 82), 10.Jaloliddin Masharipov (7.Hojimat Erkinov 82), 13.Sherzod Nasrullaev, 14.Eldor Shomurodov (21.Igor Sergeev 90), 19.Azizbek Turg'unboev (8.Jamshid Iskanderov 62), 22.Abbos Fayzullaev, 23.Husniddin Aliqulov.

Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 4.Farruh Sayfiev, 5.Rustam Ashurmatov, 11.Ruslan Jiyanov, 15.Umarbek Eshmurodov, 18.Abdulla Abdullaev.

Qatar: 21.Saloh Zakariya, 3.Abdallah Sirelxatim, 4.Ahmad Suhayl, 6.Abdil Aziz Xatim (12.Muhammad Naseur 46), 7.Ahmad Alganehi (11.Edmilson Junior 57), 8.Mustafo Toriq, 10.Akrom Afif (18.Abdilrahmon Fahmi 67), 13.Amro Surag (9.Muhammad Muntari 57), 14.Humam Ahmad (17.Ismoil Muhammad 76), 15.Bassam Husham, 23.Assim Madibo.

Zaxira: 1.Shihab Mamduh, 22.Mishaal Barsham, 2.Nabil Irfon, 5.Toriq Salmon, 16.Muhammad Imad, 19.Almoez Ali, 20.Ahmad Alravi.

Ogohlantirishlar: Abdil Aziz Xatim 33, Bassam Husham 41, Akrom Afif 67, Muhammad Muntari 67, Ahmad Humuma 72, Akmal Mozgovoy 90+5, Hojimat Erkinov 90+6.


Uchrashuv tafsilotlari bilan ushbu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin bo'ldi. 

MATNLI TRANSLYACIYA


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+5. Akmal Mozgovoy va Hojimat Erkinov raqib bilan to'qnashuvdan so'ng sariq kartochka oldi. 

90+3. GOOOOOLLLL!!! Igor Sergeeeevvvvv!!! Burchak zarbasidan so'ng boshi bilan zarba berdi va hisobni yirik ko'rinishga olib keldi!

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa vaqt qo'shib berildi. 

90. Bizda yana ikkita o'zgarish: Eldor Shomurodov va Hojiakbar Alijonov o'rniga Igor Sergeev va Islom To'xtaxo'jaev uchrashuvni davom ettiradi. 

86. GOOOOOLLLLL!!! ELDOOOOOR SHOMURODOOOOV!!!! Iskanderovning ajoyibb uzatmasini Shomurodov golga aylantirmoqda!

82. Bizda ikkita o'zgarish: Jaloliddin Masharipov va Odil Hamrobekov maydonni tark etdi. Ular o'rniga Abdurauf BO'riev va Hojimat Erkinov maydonga tushdi. 

81. Qatar jarima zarbasiga ega bo'ldi. Noaniq to'p uzatmasidan so'ng to'p vakillarimizga o'tdi. 

77. Uchrashuvni "Bunyodkor" stadionidan 32 931 nafar tomoshabin bevosita kuzatib borayotgani elon qilindi. 

77. To'liq ustunlik biz tomonda. Vaziyatni yakunlashda aniqlik etishmayapti. 

76. Qatarda yana bir o'zgarish: Ahmad Humam o'rniga Ismoil Muhammad maydonga tushdi.

72. Endi Ahmad Humam sariq kartochka oldi. 

70. Akrom Afif o'rniga Abdilrahmon Fahmi maydonga tushdi.

67. Akrom Afif va Muhammad Muntari etiroz uchun sariq kartochka oldi. 

65. Yigitlarimiz bosimni davom ettirishmoqda. Hojiakbar Alijonovning zarbasi raqib himoyachilariga tegib, yo'nalishini o'zgartirdi. 

62. Azizbek Turg'unboev o'rniga Jamshid Iskanderov maydonga tushdi.

57. Qatarda yana ikkita o'zgarish: Amro Surag va Ahmad Alganehi o'rniga Muhammad Muntari va Edmilson Junior uchrashuvni davom ettiradi.  

51. Zarbaaaa!!! Jaloliddin Masharipovning bergan zarbasi biroz noaniq...

46. Mehmonlarda o'zgarish bo'ldi: Abdil Aziz Xatim o'rniga Muhammad Naseur maydonga tushdi. 

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!



BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI! TANAFFUS!

45+3. Yana bir hujuuummmm!!! Turg'unboevning zarbasini raqib himoyachisi qaytarib qoldi. 

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa vaqt qo'shildi. 

41. Abbos Fayzullaevga nisbatan o'yin qoidasini buzgan Bassam Hushamga sariq kartochka ko'rsatildi. 

38. Mehmonlar ham oldinga o'tishdi. Himoyachilarimiz bu vaziyatda yaxshi harakat qilib, hujumni bartaraf etishdi.

33. Qatarliklar futbolchisi Abdil Aziz Xatim Jaloliddin Masharipovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun sariq kartochka oldi. 

32. Bosyapmiz! Masharipovning chap qanotdan uzatmasini Shomurodov raqib darvozasiga yo'lladi. Biroz kuchsiz bo'ldi bu zarba...

31. Yana oldinga o'tmoqdamiz! Shomurodovning zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytarib yubordi!

28. GOOOOOLLLL!!! AZIIIIIZ TURG'UNBOEEEEVVVV!!! Futbolchimiz o'ng qanotdan yorib kirib, chap oyoqda darvozani ishg'ol etdi!

25. Yana bir hujummmmmm!!! Hojiakbar Alijonovning bosh bilan bergan zarbasi o'xshamadi...

24. Shomurodovdan hujumdagi fol. 

18. Pressing qilyapmiz. Qatarliklar esa hozircha bexato harakat qilishmoqda. 

16. Bizdan hujum. Eldor Shomurodov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi. 

12. Burchak zarbasidan so'ng Husniddin Aliqulov boshi bilan zarba berdi. Zarba noaniq...

11. Abbos Fayzullaevdan ajoyib yurish! Raqibning ikki-uch nafar futbolchilarini dog'da qoldirib, oldinga qochdi Abbos!

9. Qatar vakillari kutilmaganda oldinga o'tishdi. Xavfli vaziyat yuzaga keldi. 

7. Futbolchilarimizning har bir hujumida stadion larzaga kelmoqda. Atmosfera dahshat!

4. To'p nazorati vakillarimizda. Qanotlar orqali oldinga o'tishga harakat qilmoqdamiz.

- UCHRASHUV BOSHLANDI! BYD - Bugun Yutamiz Deng!

- Har ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

- O'zbekiston va Qatar terma jamoalari maydonga chiqib kelishmoqda.

- O'yin oldidan harbiy orkestr va estrada yulduzlari maydonda chiqish qilishmoqda.

- Jamoalar chigilyozdi mashg'ulotlarni olib borishmoqda.

- Uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari! O'zbekiston hamda Qatar terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan matnli translyaciyani boshlaymiz.

Reyting: +59   

Fikrlar

+47   
10 iyu 19:58:57
Max Pol
*bolalani soqolini osin* digan odami, uyi kuysin...
+33   
10 iyu 20:52:58
Tim Rut
Sergeyev vohliro tushsa oyin 5-0 bolarkan. Yasha Igor !!!
+25   
10 iyu 20:40:50
JOKER 10
Игор Сергеев ХАҚЛИ ЭДИИИИИИИИ !!!!!
+23   
10 iyu 20:41:57
CA BOSS
Сергеев МТЖмиз учун катта ишни қилиб келган эди. Ва яна РАХБАР олдида хам исботлаб қўйди. Буни ХАЛҚ КЎРДИ.
3-0 чиройли ғалаба..
Олға ЎЗБЕКИСТОН!!
+22   
10 iyu 21:15:03
CA BOSS
Кутилмаган совға. КАТАНЕЦ га бўлди.
Президентга РЕСПЕКТ!
Мана эътибор. МТЖмизнинг асосий пойдеворини қуриб берган.. Қойил.
+21   
10 iyu 20:42:08
JOKER 10
Игорда ирода кучли экан қойилллллл !!!!!
+20   
10 iyu 20:50:38
Bohodir Solihov
Искандеров класси 2 та ассист билан ўлчанади
+20   
10 iyu 20:40:41
ArsaBarsa
Ichimdan Sergeyve hozir ursa zo’r bo’ladi deb turgandim. Yolg’on yo’q.
+19   
10 iyu 21:39:10
HY
Ўзбекистон ғалабаси билан ҳаммани табриклайман. Илтимос битта + босиб беринг. Шундай кунда 1-ўринда турай
+19   
10 iyu 20:50:20
Xojakbar Xaitov
Zohid foydalanuvchining fikriga javob berish
Намунча Сергеевлаб қолдиларинг? Ўзбекистон чемпионатида яхши ўйнаса бу зўр деганими шунда? Уни ўрнига ёшларни туширишини сўрасанглар ҳам майли эди
Сергейев учун бир узур сураворсейз буларди агар виждон булса
+19   
10 iyu 20:49:33
Azim
Искандеров ёриб юборди, MVP 100 фоиз !!!
+18   
10 iyu 20:35:22
ОЙБОТ
Президент учун ШОМУРОДОВ санчиб қўйди.
Молодец. Голданда ПАС зўр бўлди.
2-0.
Олға ЎЗБЕКИСТОН!!!
+17   
10 iyu 20:50:27
Samcity
Segeevga respect Mozgovoyga undanda yuqori respect
+17   
10 iyu 20:39:50
Bek_0885
Igooooor Sergeyeeerv gooooooool
+17   
10 iyu 20:37:47
Fc Milan20
Iskandarov qo'shilgach O'zbekiston milliy terma jamoasini ko'rdinggiza
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика