Sarri Mertensni "Yuventus"da ko'rmoqchi
22 apr 2020 02:31
Yangiliklar


Sarri Mertensni "Yuventus"da ko'rmoqchi
"Yuventus" bosh murabbiyi o'z sobiq futbolchisini hozirgi jamoasiga olib kelish istagida.
Xabarlarga ko'ra, Mauricio Sarri "Yuventus" rahbariyatidan Dris Mertensni xarid qilishni so'ragan.
Manbaning xabariga ko'ra, belgiyalik hujumchi hozirgi jamoasiga bo'lgan hurmati tufayli "Yuventus"dan ko'ra "Inter"ga o'tishni afzal ko'rmoqda.
Mertens 2015 yildan 2018 yilgacha aynan Sarri qo'l ostida o'ynagan.
Mertensning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etadi. Ushbu mavsumda u A Seriyada 21ta o'yin o'tkazib, 6ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, "Arsenal", "CHelsi" va "Inter" futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar