Rustam Do'rmonov: "Kelgusida ham bunday uchrashuvlar ko'proq bo'lishini istaymiz"
10 may 2014 13:00
Yangiliklar
Rustam Do'rmonov: "Kelgusida ham bunday uchrashuvlar ko'proq bo'lishini istaymiz"
Kecha Yangiqo'rg'on shaharchasida bo'lib o'tgan "Dinamo" - Farg'ona faxriylari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng o'z vaqtining taniqli hujumchilaridan bir bo'lgan Rustam Do'rmonovni suhbatga tortdik.
- Bugungi xotira uchrashuvi deymizmi yoki shoumi asosiysi o'yinni tashkil etilgani juda ham ajoyib ish bo'ldi. CHunki ilgari birga o'ynagan jamoadoshlarimiz bilan bugun uchrashib, diydorlashdik. Buning uchun tashkilotchilarga rahmat aytib qolaman, - deb gap boshladi Rustam Do'rmonov.
- Kelgusida ham bunday uchrashuvlar ko'proq bo'lishini istaymiz. Bugun stadionga kelgan tomoshabinlarga ham uchrashuv yoqdi deb o'ylayman. Ular ilgari TV orqali ko'rgan taniqli futbolchilarini bugun bevosita stadionda ko'rishga muvaffaq bo'ldi. Asosiysi tuman axolisida katta qiziqish uyg'otdi. Ular bundan xursand. Bu eng katta baxtdir.
- Bugungi uchrashuvda faxriylar jamoasidan kim eng yaxshi o'yin ko'rsatdi?
- (Kulib) Bizga murabbiylik qilganlarni aytgan bo'lardim. Bahrom Hakimov bilan Tohir Kapadze yutdi bugun.
- Sizni oldin "Paxtakor" faxriylar jamoasida ham o'ynaganingizni ko'rganmiz. Aytingchi o'zi aslida Farg'ona faxriylar jamoasidan o'ynaysizmi yoki...?
- "Paxtakor" faxriylar jamoasi azosiman. 17 may kuni "Qayrat" bilan Toshkentdagi "Jar" stadionida o'ynaymiz. Farg'onaga taklif etishgani uchungina keldim xolos.
- "Paxtakor" bilan Farg'ona faxriylar jamoasini taqqoslaganda toshkentliklar kuchliroq bo'lsa kerak?
- Ha, albatta. Toshkentda faxriylar chempionati bor-ku! 4ta faxriylar jamoasi bor. Kun ora yig'ilib futbol o'ynab turamiz.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar