Rasman: "Borussiya D" bosh murabbiyni istefoga chiqardi
22 jan 14:34
Yangiliklar
Rasman: "Borussiya D" bosh murabbiyni istefoga chiqardi
Nuri SHaxin Dordmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyligidan istefoga chiqarildi.
Bu haqda nemis klubi matbuot xizmati xabar berdi.
"Sky Sport"ning malumotiga ko'ra, bu haqda jamoa va murabbiyga kecha tunda Bolonyadagi mehmonxonada xabar berilgan. Malumot uchun, tunda "Borussiya D" Italiyada "Bolonya" mehmoni bo'ldi va 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ayni paytda dordmundliklar Bundesliga turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turishibdi. Ular barcha musobaqalarda ketma-ket 4 mag'lubiyatni qabul qilib olishdi.
SHaxin jamoani o'tgan yozda qabul qilib olgan edi. U 27 o'yinda 12 bor g'alaba qozondi, 11 ta mag'lubiyat va 4 ta durangga erishdi.
Fikrlar