Pro liga to'purari klubi bilan kelishuvni uzaytirdi
22 jan 08:30
Yangiliklar
Pro liga to'purari klubi bilan kelishuvni uzaytirdi
Pro liganing amaldagi g'olibi va Superliga ishtirokchisi "Mashal" jamoasi etakchisini saqlab qoldi.
Pro liganing 2024 yilgi to'purari Humoyun Murtozaev "Mashal" bilan 2026 yilning 30 dekabr sanasiga qadar uzaytirdi. Malumot uchun, hujumchi o'tgan mavsumda Pro ligada 26 ta o'yinda maydonga tushdi va raqib darvozasini 16 bor ishg'ol qildi. O'zbekiston kubogida 3 ta uchrashuvda 1 ta to'p kiritishning uddasidan chiqdi.
Transfermarket portali Murtozaevning narxini 300 ming evroga baholagan.
Fikrlar