Pro liga to'purari klubi bilan kelishuvni uzaytirdi

Iskandarov Abdulaziz
22 yanv 2025, 08:30
Pro liganing amaldagi g'olibi va Superliga ishtirokchisi "Mashal" jamoasi yetakchisini saqlab qoldi.

Pro liganing 2024 yilgi to'purari Humoyun Murtozaev "Mashal" bilan 2026 yilning 30 dekabr sanasiga qadar uzaytirdi. Ma'lumot uchun, hujumchi o'tgan mavsumda Pro ligada 26 ta o'yinda maydonga tushdi va raqib darvozasini 16 bor ishg'ol qildi. O'zbekiston kubogida 3 ta uchrashuvda 1 ta to'p kiritishning uddasidan chiqdi. 

Transfermarket portali Murtozaevning narxini 300 ming evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Машъал" матбуот хизмати