

Bu haqda mashhur Motivaciones Fútbol portali X ijtimoiy tarmog'ida xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, reja shundan iboratki, Messi maydonga tushmagan holda yosh o'yinchilarga o'zining barcha tajribasi va yetakchilik fazilatlarini etkazib, ularga murabbiylik qiladi. Qayd etilishicha, ushbu g'oya "albiseleste"ning sobiq forvardi Serxio Agueroning 2022 yil Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionati vaqtida jamoani tribunadan qo'llab-quvvatlab o'ynagan roliga o'xshash bo'ladi.
39 yoshli Messi milliy jamoa safidagi xayrlashuv o'yinini 7 oktyabr kuni o'tkazdi. Argentinaliklar Beninni 3:0 hisobida mag'lub etishdi. Messi bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. Messi Argentina asosiy terma jamoasidagi debyutini 2005 yil 17 avgust kuni Vengriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida o'tkazgan. Shu davr mobaynida futbolchi milliy jamoa tarkibida jahon chempioni (2022 yil), Finalissima g'olibi (2022 yil) va ikki karra Amerika kubogi sohibi (2021, 2024 yillar) bo'ldi.



