So’nggi yangiliklar

11:29"Ювентус" Сандро Тонали учун "Манчестер Юнайтед" билан баҳслашади  0 10:55Англиялик футболчи одам ўлдиргани учун қамоқхонада ўтириб чиқиб, собиқ жамоасига қайтди  2 10:30Marca нашри "Реал Мадрид"нинг шорт-листидан ўрин олган уч нафар ҳимоячи номини эълон қилди  2 10:02Футзал. "Сурхон" ва "Нефтчи"да мағлубият. "Бунёдкор" рақибига 8 та гол урди  0 09:33"Олтин тўп" соҳиби: "МЮ - футболчилар қабристонига айланиб қолди"  3 09:05"Реал Мадрид" юлдузи ҳам жароҳат олди  2 08:36"Барселона" футболчиси терма жамоа сафида жароҳат олди  1 08:14Сон Хин Мин рекорд ўрнатди  7 07:35Ўсмирларимиз бугун Туркияга қарши "Жар"да майдонга тушади  2 01:42ЖЧ-2026 саралаши. Украина Исландияда супер ғалаба қайд этди, Германия, Франциядан голлар шодаси ва бошқа натижалар  3 01:15Амир Галенои: "Жаҳон чемпионати олдидан бизга катта тажриба бўлди"  7 00:57Сон Хён Мин рекордчига айланди  3 00:31ЖЧ-2026 олдидан Бразилия Карло Анчелотти билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:05Ўртоқлик ўйини. Россия Эронни мағлуб қилди  13 23:45"Манчестер Юнайтед" ҳужумчисини ижарага бериб юбормоқчи  0

Eshitdik-da! Srechko Katanec qanday kasalligi malum Yangiliklar

Eshitdik-da! Srechko Katanec qanday kasalligi malum

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec anchadan buyon sog'ligidagi muammolardan aziyat chekmoqda.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, sloveniyalik murabbiy onkologik kasallik bilan kurashmoqda. 


- 2023 yil 14 iyun kuni Srechko Katanec sog'ligi bilan yuzaga kelgan muammolar sababli "CAFA Nation's Cup 2023" musobaqasining Turkmaniston, Tojikiston va Eronga qarshi o'yinlarida qatnasha olmadi.

- 2024 yil 23 mart kuni kutilmaganda sog'ligi bilan yuzaga kelgan muammolar tufayli o'z vatani Sloveniyaga jo'nab ketishga majbur bo'ldi. 26 mart kungi Gonkongga qarshi o'yinga terma jamoani Alesh CHex boshchiligidagi shtab olib tushgandi.

- 2024 yil 5 iyun. Turkmanistonga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida Srechko Katanec shunday degandi: "...Sog'ligim haqida to'liq aytib bersam ancha vaqt kerak bo'ladi. O'z vaqtida organizimimni eshitmaganman. Juda ko'p jarrohlik amaliyotlarini o'tkazganman. SHu sababli davolanishga to'g'ri kelmoqda. Inson faqat hasta bo'lganidan keyingina sog'lig'i haqida o'ylar ekan. Ayni paytda sog'ligim ancha yaxshi. Agar uchinchi marta terma jamoani sog'ligim tufayli tark etsam boshqa qaytib kelmayman. Ishonchim komilki, bu narsa sodir bo'lmaydi..."

- 2024 yil oktyabr oyi. Bosh murabbiy sog'ligi tufayli Jahon chempionati saralashi doirasidagi BAA va Eronga qarshi o'yinlarda ishtirok eta olmagandi.

- 2025 yil yanvar oyi. Murabbiyning salomatligi yomonlashgani sababli shifokorlar tavsiyasiga ko'ra, Dohadagi yig'inda ishtirok etmaydi.


Championat.asia sayti bosh murabbiyga tezroq sog'ayib ketishini tilaydi.


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика