"Real" yoki "Barselona"da o'ynash? Xoland javob berdi
22 jan 14:03
Yangiliklar
"Real" yoki "Barselona"da o'ynash? Xoland javob berdi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bugun bo'lib o'tadigan PSJga qarshi ECHL o'yini oldidan kecha matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Unda Erling futbolchilarning "Real" yoki "Barselona"da o'ynash orzusi haqidagi savolga javob qaytardi.
"Men yaqindagina 9 yarim yillik yangi shartnoma imzoladim. SHunday ekan, mendan nima deyishimni kutyapsiz?
Albatta, men u yoki bu jamoa ("Real" va "Barselona" nazarda tutilmoqda)da o'ynamayotganimdan mamnunman va bu meni qoniqtiradi. Oldin ham aytganimdek, men o'z tanlovimdan xursandman va Manchesterda uzoq yillarni o'tkazishni intizorlik bilan kutyapman", - dedi Xoland.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda Xoland APL to'purarlari poygasida 17ta gol bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Undan tepadagi Salahda 18 ta gol bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar