"Andijon" Turkiyada 9 ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Raqiblar orasida Norvegiya jamoasi bor
22 jan 09:10
Yangiliklar
"Andijon" Turkiyada 9 ta nazorat uchrashuvi o'tkazadi. Raqiblar orasida Norvegiya jamoasi bor
"Burgutlar" bugun Antaliyaga yo'l oladi va mashg'ulotlarni davom ettiradi. U erda davom etadigan 35 kunlik tayyorgarlik jarayonida “Burgutlar” 9 ta nazorat uchrashuvini o'tkazishi ko'zda tutilgan. Hozirga qadar 7 ta sparring-raqiblar nomi malum va bir kunda ikkitadan o'yinlar ham o'tkaziladi.
Etiborlisi, “Andijon” Antaliyada asosan Evropa klublariga qarshi bahs olib boradi. Tez orada yana ikkita raqib nomi malum bo'ladi.
“Andijon” jamoasining Antaliyada o'tadigan o'rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblari:
25-yanvar. “Andijon” – “LKS Lodz” (Polsha)
29-yanvar. “Andijon” – “Vorskla” (Ukraina)
2-fevral. “Andijon” – “Borac Banya-Luka” (Bosniya va Gercegovina)
7-fevral. “Andijon” - “ASK Voycberg” (Avstriya)
7-fevral. “Andijon” – “Raufoss” (Norvegiya)
13-fevral. “Andijon” – “FK Zelin” (CHexiya)
17-fevral. “Andijon” – "Vishista Krakov” (Polsha)
Fikrlar