

Ma'lumotlarga ko'ra, "temiryo'lchilar" safiga qishki transferlar oynasi vaqtida kelib qo'shilgan bir nechta tajribali futbolchi va legionerlar Superliga jamoalariga o'tishi mumkin.
Ma'lumot uchun, "Lokomotiv" hozirga qadar Akaki Shulaya, Levan Arveladze, Nikola Popovich, Momchilo Rasho, Shahzodbek G'ofurbekov, Xudoyshukur Sattorov, Farhod Bekmurotov, Muhriddin Zoirov, Rahimjon Davronov, Shukron Yo'ldoshev, Ibrohim Yo'ldoshev kabi futbolchilar bilan rasman shartnoma imzolagan edi.



