Reshfordning agenti "Barselona" sport direktori Deku bilan uchrashdi
22 jan 2025 11:31
Yangiliklar
Reshfordning agenti "Barselona" sport direktori Deku bilan uchrashdi
"Barselona" va "Borussiya D" Markus Reshford uchun kurashmoqda.
Mashhur insayder Fabricio Romanoning malumotiga ko'ra, MYU hujumchisining agenti kecha "Barselona" sport direktori Deku bilan Lissabonda uchrashgan. Kataloniyaliklar Reshfordning transferiga qiziqishmoqda, forvardning o'zi ham Ispaniyaga ko'chib o'tishga qarshi emas. Lekin, Markusning transferi Erik Garsiya va Ansu Fatining kelajagiga bog'liq. Yani, yuqoridagi ikki futbolchidan biri "Barselona"ni tark etishi kerak bo'ladi. Bundan tashqari, Reshfordga "Borussiya D" ham qiziqish bildirishda davom etmoqda.
Jurnalist Ben Jeykobsning keltirishicha, dordmundliklar o'tgan qishda Jeydon Sanchoni MYUdan ijaraga olgan shartlar bilan Reshfordni ham o'z saflariga qo'shib olishmoqchi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar