Eshitdik-da! O'zbekiston MTJning yangi murabbiyi ertaga Qatarga uchib ketadi

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2025
Biroz avval Srechko Katanets O'zbekiston milliy terma jamoasi boshqaruvini tark etgani e'lon qilindi.

Breaking! Srechko Katanets O'zbekiston MTJni tark etdi

Championat.asia jurnalisti Tolibjon Qosimov o'z kanalida O'zbekiston MTJning yangi bosh murabbiyi katta ehtimol bilan ertaga Qatarga uchib kyetishi haqida yozdi.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda asosan ichki chempionatda harakat qiladigan futbolchilardan iborat terma jamoamiz Qatar poytaxti Dohada yig'in o'tkazmoqda. 27 yanvar kuni terma jamoamiz Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Ma'lumot uchun O'zbekiston MTJning yangi ustozi bo'lish uchun asosiy nomzod sifatida Timur Kapadze ko'rilmoqda.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia