

Sloveniyalik murabbiy o'z murojaatida hozirgi holatida vazifalarini to'laqonli, professional tarzda bajara olmasligini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qo'llab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga o'z minnatdorchiligini bildirdi. Terma jamoamizga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tiladi.
O'z navbatida, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Srechko Katanetsga terma jamoamiz boshqaruvidagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiradi. Salomatligini tiklab, murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirishini tilaydi.
O'FA hamda Srechko Katanets o'rtasidagi shartnoma o'zaro do'stona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilindi. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod tayinlash borasida ish olib bormoqda.




