MAQOLA. Katanecning terma jamoadagi faoliyati qanday kechdi?
22 jan 13:35
Yangiliklar
MAQOLA. Katanecning terma jamoadagi faoliyati qanday kechdi?
Bu erda inson faktori birinchi o'rinda turibdi va tabiiyki sog'lik barcha narsadan ustun. 2021 yilning avgust oyida terma jamoa postiga kelgan Katanec deyarli 4 yil "oq bo'rilar"ga ustozlik qildi. Biz uning mana shu davrda amalga oshirgan asosiy ishlariga to'xtalib o'tamiz.
Sardor SHomurodov
Bunga qadar terma jamoamiz ishtirokidagi o'yinlarda Server Jeparov, Odil Ahmedov, Maksim SHackix kabi futbolchilarni sardor sifatida gavdalanganiga ko'p bor guvoh bo'lganmiz. JCH-2022 saralash bosqichi birinchi raundining oxirgi o'yini Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinidan so'ng Odil Ahmedov butsalarini mixga ilishga qaror qildi. Katanec oldida esa yangi sardorni tayinlash turgandi. Bu borada u SHomurodov nomzodida to'xtaldi. Bundan tashqari Eldor Katanec jamoasida muhim figuraga aylandi va terma jamoamiz tarixidagi eng yaxshi to'purarlik maqomini Katanec davrida qo'lga kiritdi.
O'zgargan uslub yoxud shakllangan xarakter
Superligada jamoalarimizning 3 ta markaziy himoyachi taktikasida o'ynashiga guvoh bo'lganmiz. Lekin terma jamoaga kelganda 2 ta himoyachi, nisbatan pozicon futbol guvohiga aylanar edik. Srechko Katanec boshqaruvida asosiy uslub 5 ta himoyachi (3 ta markaziy, 2 ta qanot) sifatida shakllangandi. Lekin Kupernikidan farqli ravishda oldindagi ijrochilardan maksimal foydalanishga harakat qilindi. Buning natijasida Oston O'runov, Eldor SHomurodov, Jaloliddin Masharipov, Abbosbek Fayzullaev, Igor Sergeev kabi hujum vakillari bilan aksariyat o'yinlarda xarakter ko'rsatishga muvaffaq bo'ldi.
Osiyo kubogi
Qatardagi Osiyo kubogi biz Katanecning ishiga to'liq baho beradigan palla hisoblanardi. Guruhda Suriya, Hindiston, Avstraliya bilan bir kvartetdan o'rin olgan "oq bo'rilar" 2 ta durang, 1 ta g'alaba bilan nimchorak finalga yo'llanma oldi. CHorak final uchun bahsda Tailand to'sig'idan o'tdi, keyingi bellashuvda Qatarga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. Aytishimiz mumkinki, ushbu turnirda Husniddin Aliqulov, Eldor SHomurodov kabi muhim futbolchilar jarohat sabab qatnasha olmagan, boz ustiga turnir davomida yana terma jamoa azolarini jarohatlar bezovta qildi. Qatardagi Osiyo kubogi faqatgina Avstraliya bilan durang o'ynaganimiz va gol urganimiz bilan yodda qoldi. Janob murabbiy o'z principlaridan voz kechmadi.
Katanec necha nafar futbolchi xizmatidan foydalandi?
Srechko Katanec 2021 yilning avgust oyida terma jamoa boshqaruvini qo'liga olganidan buyon 59 nafar futbolchi xizmatidan foydalandi. Ulardan 16 nafari terma jamoa libosida debyutini o'tkazdi.
Srechko Katanec tomonidan terma jamoaga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati :
1. Farrux Ikromov
2. Oybek Bozorov
3. Jaloliddin Masharipov
4. Eldor SHomurodov
5. Odil Hamrobekov
6. Otabek SHukurov
7. Farruh Sayfiev
8. Abdulla Abdullaev
9. Doston Tursunov
10. Xojiakbar Alijonov
11. Eldor Suyunov
12. Sanjar Qodirkulov
13. Abror Ismoilov
14. Ibrohimhalil Yo'ldoshev
15. Igor Sergeev
16. Xojimat Erkinov
17. Aziz Amanov
18. Sanjar Quvvatov
19. Valijon Rahimov
20. Husniddin Aliqulov
21. Islom Qobilov
22. Akmal Mozgovoy
23. Dilshod Saitov
24. Doston Hamdamov
25. Xusayn Norchaev
26. Rustam Ashurmatov
27. SHaxboz Umarov
28. O'tkir Yusupov
29. Aziz G'aniev
30. Davron Hoshimov
31. Ikrom Aliboev
32. Anzur Ismoilov
33. Islom Kenjaboev
34. Javohir Sidiqov
35. Umid Ergashev
36. Umar Eshmurodov
37. SHerzod Nasrullaev
38. Sardor Sobirxo'jaev
39. Aziz Turg'unboev
40. SHerzod Temirov
41. Oston O'runov
42. Botirali Ergashev
43. Abduvohid Nematov
44. Saidazamat Mirsaidov
45. Alibek Davronov
46. Ruslan Jiyanov
47. Bobur Abduxoliqov
48. Jasur Yaxshiboev
49. Ibrohim Yo'ldoshev
50. Jamshid Iskandarov
51. Abduqodir Xusanov
52. Jamshid Boltaboev
53. Abbos Fayzullaev
54. SHahzod Azmiddinov
55. Zafarmurod Abdurahmatov
56. Muhammadqodir Xamraliev
57. Diyor Xolmatov
58. Abdurauf Bo'riev
59. Umar Adxamzoda
60. Marlen CHobanov
Katanec davrida terma jamoada debyut qilgan futbolchilar
1. Abdulla Abdullaev (22 ta o'yin)
2. Aziz Amanov (10 ta o'yin 2 ta gol)
3. Valijon Rahimov (2 ta o'yin -1 gol)
4. Dilshod Saitov (8 ta o'yin)
5. Xusayn Norchaev (1 o'yin 1 gol)
6. SHahboz Umarov (5 ta o'yin)
7. SHerzod Nasrullaev (25 ta o'yin 2 ta gol)
8. SHerzod Temirov (2 ta o'yin)
9. Alibek Davronov (3 ta o'yin)
10. Ruslan Jiyanov (1 ta o'yin)
11. Abduqodir Husanov (17 ta o'yin)
12. Jamshid Boltaboev (3 ta o'yin)
13. Abbos Fayzullaev (22 ta o'yin 6 ta gol)
14. Zafarmurod Abdurahmatov (4 ta o'yin)
15. Muhammadqodir Hamraliev (2 ta o'yin)
16. Diyor Xolmatov (5 ta o'yin)
Statistika
Srechko Katanec bosh murabbiyligida O'zbekiston terma jamoasi jami 42 ta o'yinda maydonga tushdi. Bu borada sloveniyalik mutaxassis terma jamoa ustozlari ro'yxatida Mirjalol Qosimovdan (54ta o'yin) keyingi o'rinni egalladi. Uning davrida "oq bo'rilar" 26 g'alaba, 8 durang, 8 mag'lubiyat qayd etdi. To'pplar nisbati esa 83-38 ko'rinish oldi.
Tarixiy o'yinlar
SHveciya - O'zbekiston 2:1 (Katanecning terma jamoadagi ilk uchrashuvi)
O'rtoqlik uchrashuvi.
SHveciya - O'zbekiston 2:1
Stokgolm. "Friends Arena".
Bosh hakam: Kai Erik Steen
Gol: Abdulla Abdullaev (avtogol), 6, 1:0, Isaak Kize Telin, 35, Eldor SHomurodov 70, 2:1
SHveciya: Kristoffer Nordfeldt, Mattias Yoxansson, Markus Danielson, Yoakim Nilsson, Martin Olsson, Ken Sema, Mattias Svanberg, Yens Kayuste
Yesper Karlsson, Isaak Kize Telin, Robin Kuayson
O'zbekiston: Eldor Suyunov, Xojiakbar Alijonov, Farrux Sayfiev, Abdulla Abdullaev, Doston Tursunov, Odil Hamrobekov, Otabek SHukurov, Oybek Bozorov, Jaloliddin Masharipov, Farrux Ikromov, Eldor SHomurodov
Zaxira: Valijon Rahimov, Sanjar Quvvatov, Islom Qobilov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Husniddin Aliqulov, Dilshod Saitov, Abror Ismoilov, Xojimat Erkinov, Sanjar Qodirqulov, Akmal Mozgovoy, Azizbek Amonov, Igor Sergeev
Iordaniya - O'zbekiston 3:0 (Tarixda birinchi martta Iordaniyaga mag'lub bo'ldik)
Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston - Iordaniya 0:3
Gol: Faisal Baha 30, 0:1, Al Nasib Abdullox 56, 0:2, Hamza Al Dardur 83, 0:3
O'zbekiston: 1.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 2.Islom Qobilov (18. Abdulla Abdullaev, 46) 5.Doston Tursunov (, Husniddin Aliqulov, 60), 19.IbrohimHalil Yo'ldoshev (Farruh Sayfiev, 60) , 7.Otabek SHukurov, 20.Akmal Mozgovoy, 11.SHahboz Umarov, 17.Dostonbek Hamdamov (9.Azizbek Amonov, 46), 22.Oybek Bozorov (Igor Sergeev, 60), 14.Eldor SHomurodov.
Zaxira: O'tkir Yusupov, Valijon Rahimov, Rustam Ashurmatov, Dilshod Saitov, Aziz G'aniev, Husayn Norchaev
Iordaniya: Yazed Abdulla, Ehsan Haddad, Abdallah Nasib, Yazan Alarab, Muhammad Ali Hashesh, Odai Saifi, Fadel Hasan, Abdulrahman Baha, Musa Tamari, Ali Olvan, Faisal Baha
O'zbekiston - Avstraliya 1:1. (Tarixda ilk bor Avstraliya darvozasi ishg'ol qilindi)
Osiyo Kubogi-2023 | 3-tur23.01.2024 | 16:30 (O'zbekiston vaqti)AVSTRALIYA – O'ZBEKISTON 1:1
Gol: 45+1 - Martin Boyl (pen), 79 - Azizbek Turg'unboev (Jaloliddin Masharipov)
"Al Janub” stadioni, Doha
Bosh hakam: Araki Yusuke (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Mihara Jun, Takagi Takumi (ikkalasi Yaponiya)
Zaxira hakami: Ma Ning (Xitoy)
VAR: Iida Jumpei (Yaponiya)
AVAR: Fu Ming (Xitoy)
O'zbekiston: 1. O'tkir Yusupov, 26. Zafarmurod Abdirahmatov, 18. Abdulla Abdullaev, 15. Umar Eshmurodov, 4. Farruh Sayfiev, 7. Otabek SHukurov, 20. Hojimat Erkinov (19. Azizbek Turg'unboev, 63), 22. Abbosbek Fayzullaev (21. Igor Sergeev, 63 ( 8. Jamshid Iskandarov, 84)), 5. Rustam Ashurmatov, 9. Odiljon Hamrobekov, 11. Oston O'runov ( 10. Jaloliddin Masharipov, 46).
Zaxira: 12Abduvohid Nematov, 16. Botirali Ergashev, 6. Diyor Xolmatov, 14. Jamshid Boltaboev, 17. Bobir Abdixaliqov, 5. Muhammaqodir Hamraliev,23. SHahboz Umarov,24. Azizbek Amanov.
Avstraliya: 1. Metyu Rayan, 3. Nataniel Atkinson, 4. Ke Roules, 5. Jordan Bos, 6. Martin Boyl ( 8. Konnor Metkalfi,72), 10. Kusini Yengi, 14. Rayli Makgri, 16. Aziz Behich, 17. Keanu Bakkus (13. Ayden O'Nil, 83), 19. Xarri Suttar, 22. Jekson Irvin
Zaxira: 2. Tomas Deng, 7. Samuel Silvera, 9. Bruno Fornaroli, 11. Marko Tilio, 12. Lourens Tomas, 20. Lyuis Miller, 20. Kameron Burgess, 23. Kreyg Gudvin, 24. Patrik Yazbek, 26. Jon Iredale
Ogohlantirish: 25 - Umar Eshmurodov, 45 - Odiljon Hamrobekov, 45 - Otabek SHukurov, 50 - Xarri Suttar, 69 - Rayli Makgri
O'zbekiston - Eron 2:2, 0:0, 0:0 (Tarixda ilk bor forslar darvozasiga 2 ta gol urdik va ketma-ket 3 ta o'yinda mag'lubiyatga uchramadik)
JCH-2026 va Osiyo Kubogi-2027 qo'shma saralash bosqichi
"E" guruhi. 2-tur
O'zbekiston – Eron 2:2
Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 18:00
Bosh hakam: Muhammad Abdulla Hassan (BAA)
Yordamchi hakamlar: Muhammad Al Hammadi, Hasan Al Mahri (ikkisi - BAA)
To'rtinchi hakam: Ismoil Habib Ali (Bahrayn)
Hakamlar nazoratchisi: Noboru Ishiyama (Yaponiya)
Komissar: Suvrat Tatte (Hindiston)
Gol: 0:1 — 14, Ramin Rizoyan, 0:2 — 38, Mehdi Taremi, 1:2 — 52, Oston O'runov, 2:2 — 83, Igor Sergeev.
O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Farruh Sayfiev, 5.Rustam Ashurmatov (21.Igor Sergeev, 82), 7.Otabek SHukurov, 9.Odilbek Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov (22.Abbos Fayzullaev, 62), 11.Oston O'runov (2.Abduqodir Husanov, 89), 14.Eldor SHomurodov (s), 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 6.Azizbek G'aniev, 8.Jamshid Iskanderov, 13.SHerzod Nasrullaev, 17.Jasur Yaxshiboev, 18.Abdulla Abdullaev, 19.Azizbek Turg'unboev, 20.Hojimat Erkinov.
Eron: 1.Alirizo Beyranvand, 4.SHoja Xalilzoda, 5.Milod Muhammadiy (3.Ehson Hojisafi, 90+4), 6.Said Izzatullohi, 9.Mehdi Taremi, 13.Husayn Kanani, 14.Saman G'oddos (18.Ali Karimi, 42), 16.Mehdi Torabi (11.Rizo Asadi, 90+4), 20.Serdar Azmun (15.Ruzbeh CHeshmi, 75), 21.Muhammad Mohebi (7.Mehrad Muhammadi, 75), 23.Ramin Rizoyan
Zaxira: 12.Payam Niazmand, 22.Said Hussayni, 2.Sadig Muharrami, 8.Omid Ibrohimi, 10.Karim Ansorifard, 17.Javod Hussaynezad, 19.Majid Hussayni.
Ogohlantirish: Husniddin Aliqulov (3), Husayn Kanani (48), Srecko Katanec (76), Farruh Sayfiev (76), Ali Karimi (80)
KXDR - O'zbekiston 0:1 (Katanecning terma jamoadagi oxirgi uchrashuvi)
JCH-2026 saralashi
KXDR — O'zbekiston 0:1
19.11.2024. Venten, "Lao" stadioni, 17:00 (Toshkent vaqti)
Hakamlar: Ahmad Al Ali, Alanezi Abdulhadi, Abbos Ahmad, Ammar Ashkanani (barchasi Kuvayt)
VAR: Abulloh Jamali (Kuvayt)
AVAR: Saud AL Samxan (Kuvayt)
Nazoratchi: Fong Yau Fat Jame (Gonkong)
Komissar: Benjamin Tan (Singapur).
Gol: Abbos Fayzullaev (Bobir Abdixoliqov) 44, 0:1
Amalga oshmagan penalti: Jong Io Gvan (O'tkir Yusupov qaytardi)
KXDR: 1.Kang Ju Xyok, 3.Jang Kuk CHol (s), 4.Kim Pom Xyok, 9.Ri Jo Guk (11.Jong Il Gvan,70), 10.Xan Kvang Song (12.CHoe Ju Song,88), 13.Ri Il Song, 14.CHoe Ok CHol, 15.Ri Un CHol ( 6.Ke Tam, 33), 16.Kim YU Song, 17.Kang Kuk CHol, 20.Paek CHung Song (22.Pak Kvang Xun,70)
Zaxira: 18.Sin Tae Song, 21.YU Kvang Jun, 2.Kim Jin Xyok, 5.Kim Kum CHon,7.Ri Xun, 8.Sin Kvang Nam, 19.Kim Song Xe, 23.Jong Kum Song.
O'zbekiston: 1.O'tkir Yusupov, 2.Abduqodir Husanov, 3.Hojiakbar Alijonov, 6.Akmal Mozgovoy, 9.Odil Hamrobekov, 13.SHerzod Nasrullaev, 10.Jaloliddin Masharipov (11.Azizbek Amonov,79) (18.Abdulla Abdullaev,86), 15.Umar Eshmurodov, 17.Bobir Abdixoliqov (20.Hojimat Erkinov, 64), 22.Abbosbek Fazullaev ( 19.Azizbek Turg'unboev,79), 23.Husniddin Aliqulov.
Zaxira: 12.Abduvohid Nematov, 16.Botirali Ergashev, 4.Farruh Sayfiev, 5.Rustam Ashurmatov, 8.Jamshid Iskanderov, 21.Abdurauf Bo'riev.
Ogohlantirish: Bobir Abdixoliqov (O'zbekiston) 39, Jan Kuk CHol (KXDR) 55
CHetlatish: Umar Eshmurodov (O'zbekiston) 83
Xalqaro o'yinlar
Srechko Katanecning boshqargan yillarda vakillarimiz SHveciya, AQSH, Venesuela, Kosta-Rika, Kamerun, Gruziya, Rossiya, Uganda, Boliviya, Meksika bilan ilk bor kuch sinashdi. Mazkur uchrashuvlar tarixiy ahamiyat kasb etishi bilan bir qatorda yaxshigina tajriba, ko'nikma vazifasini bajargan deya olamiz. Xususan mehmonda Meksika, Venesuela bilan durang o'ynalishi, Kamerun va Boliviya ustidan g'alabalar bo'lganini takidlab o'tmoqchimiz.
Muallifning telegram kanali → Pessball|Abdulaziz Iskandarov
Fikrlar
Кўпроқ ижтимоий-сиёсий масалаларни ёритадиган Файзбоғ телеграм канали админи Катанец истефосидан кейин Индонезия собиқ мураббийи кореялик Шин Тэ Йонг номзодини илгари сурибди, менимча ўйлаб кўришга арзийдиган вариант, яна ҳам Аллоҳ билгувчи.