Rasman: FIFA klublar o'rtasidagi mundialning yangi formatini tasdiqladi
15 mar 2019 23:26
Yangiliklar


Rasman: FIFA klublar o'rtasidagi mundialning yangi formatini tasdiqladi
FIFA bugun klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yangi formatini elon qildi.
Unga ko'ra, 2021 yildan boshlab musobaqada 6ta qitaning 24ta klubi qatnashadi. Mazkur klublar o'rtasidagi o'ziga xos mundial 17 iyundan 4 iyulgacha bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.
Yangi formatdagi ilk turnirda Evropadan 8ta, Janubiy Amerikadan 6ta, Afrika, Osiyo va KONKAKAFdan 3tadan hamda Okeaniya mintaqasidan bitta klub ishtirok etadi.
Musobaqaning amaldagi g'olibi Madridning ”Real” klubi hisoblanadi.
Avvalroq, Evropaning etakchi klublari (“Yuventus”, “Bavariya”, “PSJ”, “Real”, MYU va b.) musobaqaning yangi formatiga norozilik bildirib, baykot elon qilgani haqida aytilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar