So’nggi yangiliklar

22:44Отабек Нарзуллаев: "Ғалаба учун келгандик, бироз омад етишмади"  0 22:26Иван Бошкович: "Об-ҳаво ҳам ўйинга таъсирини ўтказди"  1 21:53"Барселона" Кристенсен бўйича қарорини ўзгартирди  0 21:22"Антверпен" — "Ауд-Хеверле Лёвен". Таркиблар маълум  4 21:16"Кристал Пэлас" трансферларга катта пул ишлатган "Ливерпуль"ни мағлуб қилиб, Англия Суперкубогини қўлга киритди!  24 20:55"Ман Сити" Доннаруммага қизиқмоқда. Клуб "Галатасарой" билан келишуви бор Эдерсоннинг кетишига тайёргарлик кўрмоқда  0 20:30Суперлига. "Сўғдиёна" Жиззахда "Машъал" билан ўйинда ғалабани ўзиники қилди  12 20:04"Ризеспор" — "Гёзтепе". Чемпионатнинг илк тур ўйини учун таркиблар маълум  0 19:54"Ливерпуль" Англия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 18:28Суперлига 17-тур учрашувларидаги ҳакамлик қарорлари таҳлили  3 16:55"Насаф" охирги бор Фарғонада "Нефтчи"ни қачон ютган?  19 16:30Суперлига. Марказий ўйинларга бой 18-тур превьюси  5 16:10"Футбол олами". "Пахтакор"да мағлубият, "Насаф" ва "Навбаҳор"да дуранг, "Нефтчи"да ғалаба  0 15:42Аморим Шешконинг трансфери ҳақида гапирди  0 15:17"Ман Сити" Родрига "Реал" қизиқиш билдираётганидан хавотирда  2

Rahmatullo Berdimurodov: “Olmaliq” oltinchi pog'onadan pastga tushmasa yaxshi natija bo'lardi" Yangiliklar

Rahmatullo Berdimurodov: “Olmaliq” oltinchi pog'onadan pastga tushmasa yaxshi natija bo'lardi"

“Olmaliq” jamoasi ikkinchi davraga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettirmoqda.

Jamoa himoyachisi Rahmatullo Berdimurodov tayyorgarlik to'g'risida fikr bildirdi.

-  Birinchi davra biz uchun qiyin o'tdi. Lekin hozirgi o'rnimiz ham yomon emas. “Olmaliq” klubi azaldan oltinchi pog'onadan pastga tushib ketmagan. Sakkizinchi pog'ona hech kimni qanoatlantirmayapti. Barcha jamoalarga o'xshab kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazyapmiz. Ertalab jismoniy xolatga etibor qaratsak kechqurun to'plar bilan ishlayapmiz.

SHartnomaga qo'l qo'yayotganimda jamoa rahbariyati oldimga xech qanday maqsad qo'yishmagan. Lekin har bir uchrashuvda maqsadsiz harakat qilinmaydi. Barcha o'yinlarda g'alaba qozonamiz deb maydonga chiqamiz. Avval oldimizga mana shu o'rinni egallaysan deb maqsad qo'yilardi vazifani bajara olmasak ham. Oltinchi pog'onadan pastga tushib ketmasak bu biz uchun yaxshi natija.

“Metallurg” jamoasi yaxshi o'yin namoyish etmoqda. “Buxoro” bilan “Qizilqum” haqida bunday fikrdan yiroqman. CHunki bu jamoalarda mablag' tomondan muammolar yo'q. Ushbu jamoalar oltinchi, ettinchi pog'onalarda yurishipti. Bu klublarni chempionatimizni qizitmoqda deb ayta olmayman. Ikkinchi davraning ilk turida “Buxoro” jamoasi bilan bellashamiz. O'sha uchrashuvda g'alaba qozonsak qolgani yaxshi boshlanib ketadi. Ularning tarkibi kuchli edi, hozir bir nechta futbolchilarni tarkibga qo'shib olib yana ham kuchayib oldi.

Bizning jamoamizga ham Kenja To'raev va Mo'ydin Mamazulumov kelgan. Ro'zimboy Ahmedov va Farhod Tojiev jamoamizni tark etishdi. Barchasi maydonda xal bo'ladi”, - deydi Rahmatullo Berdimurodov.


Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика