Rahmatullo Berdimurodov: "Navbahor"da bu yil katta o'zgarishlar sodir bo'lgan"

Narzulla Saydullayev
25 apr 2016, 10:57
Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar himoyachisi Rahmatullo Berdimurodov o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi bo'limda yaxshi o'ynadik, biroq uchinchi golni ura olmadik. Ikkinchi bo'limda esa hisobni ushlab qolishga urindik. Doim birinchi bo'limda yutib ikkinchi bo'limda o'yin borasida yutqazib qo'yayotgandik. Keyingi bahsni "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazamiz. Sobiq jamoam "Navbahor"da bu yil katta o'zgarishlar sodir bo'lgan. Tarkibga taniqli va tajribali futbolchilar kelgan. Keyingi o'yinlarda omad tilayman", - deydi Rahmatullo Berdimurodov.

"Navbahor" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia