So’nggi yangiliklar

15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  0 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  2 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  9 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  17 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  8 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  4

Qo'qonlik futbolchi ertaga Tojikiston chempionatida debyut uchrashuvini o'tkazishi mumkin Yangiliklar

Qo'qonlik futbolchi ertaga Tojikiston chempionatida debyut uchrashuvini o'tkazishi mumkin

Ertadan futbol bo'yicha Tojikiston chempionatiga start beriladi. Avval xabar berganimizdek, bu yil ko'plab xamyurtlarimiz qo'shni davlat chempionatida faoliyat olib boradi.

Ulardan biri – Dilshod Baratov. Qo'qonlik iqtidorli futbolchi yaqinda Tojikistonning “Fayzqand” klubiga ko'chib o'tdi. Ushbu jamoaga o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan sobiq futbolchi Tohir Mo'minov ustozlik qilib kelmoqda. O'z vaqtida “Andijon” tarkibida yorqin o'yinlari bilan ishqibozlarning qalbidan joy olgan Mo'minov bu yil “Fayzqand”ni kuchaytirish maqsadida o'zbekistonlik besh nafar futbolchini o'zi jamoasiga taklif etgan. Bo'lg'usi chempionatga astoydil tayyorgarlik ko'rayotgan hamyurtimiz Dilshod Baratov bilan bog'lanib, yangi jamoadagi ilk taassurotlari va boshqa ayrim savollarga javob oldik.

- Dilshod, bungacha asosan “Qo'qon-1912” yoshlar jamoasida o'ynab kelgansiz. Aytingchi legionerga aylanishingiz tarixi qanday kechdi?

- O'zingizga yaxshi malumki, o'tgan yili “Qo'qon-1912” jamoasida bosh murabbiy o'zgardi. Baxtiyor Ashurmatov joriy mavsum tarkibda o'zi istagan futbolchilarni olib qoldi. Men esa u murabbiyning o'yin uslubiga to'g'ri kelmadim shekilli, boshqa jamoa topishim mumkinligi haqida aytishdi. SHundan so'ng PRO-Liga qatnashchisi “Istiqlol”jamoasi o'quv-yig'iniga borib qo'shildim. Farg'onaliklar tarkibida malum muddat shug'ulandim. Keyinchalik menda Tojikiston klubiga borib, o'zimni ko'rsatish uchun imkon tug'ildi. Narsalarimni shartta yig'ishtirdimda, qo'shni davlatga yo'l oldim.


- “Fayzqand” murabbiylari Sizni qanday topishgani muxlislarga qiziq bo'lsa kerak?

- Qo'qonlik darvozabon Muhriddin Ahmedov meni “Fayzqand” jamoasi rahbariyatiga tavsiya qilgan ekan. SHundan keyin ular meni ko'rikka taklif etdi. Xarakatlarim maqul kelgach, shartnoma taklif qilishdi. Darvoqe, Tojikistonga men bir yil muddatga ijara asosida kelganman. CHunki “Qo'qon-1912” bilan yana bir yillik shartnoma qoldi.

- Bu yil ilk bor legioner sifatida faoliyat yuritasiz. Yangi jamoadagi dastlabki taassurotlar qanday?

- Legioner sifatida chetda o'ynashning ham gashti boshqacha ekan. Yanada masuliyatli bo'lish talab etiladi. Ayniqsa mahalliy futbolchilardan ustun bo'lishga majburmiz. Bu erda mendan tashqari yana to'rt nafar o'zbekistonlik futbolchilar ham bor. Yangi jamoada meni yaxshi qabul qilishdi. Aytarli jiddiy muammolarga duch kelganim yo'q. Asta sekin ko'nikib boryapman.

- Klubdagi shart-sharoitlar sizni qoniqtiryaptimi?

- “Fayzqand” jamoasi debyutant hisoblanadi. Klub professional sifatida endi-endi shakllantirilmoqda. Hozircha bizga klub kvartira bergan. Legionerlar alohida shu erda istiqomat qilyapmiz. “Fayzqand” Vose tumanining klubi hisoblansada, asosan Dushanbe shahrida bo'ladi. Mahalliy futbolchilar mashg'ulotlarga boshqa klublardagidek uyidan qatnaydi.


- Bosh murabbiy haqida fikrlaringizni bilmoqchi edik?

- Tohir aka Mo'minov bilan alohida suhbatlashdik. Ilgari “Andijon”da o'ynaganini aytib, u davrlarni hozir shirin xotiralar bilan eslashini alohida takidladi. Murabbiy sifatida ajoyib mutaxassis ekanligi ko'rinib turibdi. Jamoada eng avvalo tartib-intizomni birinchi o'ringa qo'yadi. Jamoani doim xuddi bir oila kabi bo'lishligini talab etadi. Mashg'ulot jarayonlari ham rang-barang. Texnika va jismoniy tayyorgarlik ustida teng olib boradi hammasini.

- “Fayzqand” jamoasida sizdan qaysi chiziqda foydalanishmoqda?

- Bu erda men chap tomon yarim himoyasida o'ynayapman. Yangi jamoada 14-raqamni tanladim.

- Ertangi o'yinga tayyorgarlik qanday?

- Bu erda karantin bo'lmadi. Hammasi ko'ngildagidek. Dushanbe shahrining “Lokomotiv-Pomir” klubi bilan to'qnash kelamiz. Albatta hozir hammamiz g'alaba qozonish haqida o'ylayapmiz. “Istiqlol”ning markaziy stadionida kechadigan mazkur bahs qiziqarli va tomoshabop o'tishiga shubham yo'q. Nasib qilsa Tojikiston chempionatidagi debyut uchrashuvim omadli yakun topadi.


Malumot uchun:
Dilshod Baratov
Tug'ilgan yili:
18.03.1998 yil.
Tug'ilgan joyi: Qo'qon shahri.
Birinchi murabbiylari: Ulug'bek To'xtaboev va Sergey Sergeevich Arslonov.
O'ynagan jamoasi: “Spartak” (Toshkent shahar ikkinchi ligasi),“Qo'qon-1912” (2015-2019 yillar)
Ampluasi: Yarim himoyachi.
Yoqtirgan futbolchilari: Muhammad Salox, Lionel Messi, Murod Xolmuhammedov, Nosir Otaqo'ziev.
Yoqtirgan jamoalari: Barselona, Liverpul, Qo'qon-1912.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика