So’nggi yangiliklar

08:28Англия терма жамоаси 71 йиллик рекордни такрорлади  0 08:00"Йўқ, йўқ. Биз Криштиану билан кучлироқмиз" Португалия терма жамоаси бош мураббийи Роналдусиз терма жамоанинг ўйини ҳақида  3 07:27ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида финал учрашувида сенсация қайд этилди  1 02:57ЖЧ саралаши. Италия ўз уйида Норвегияга мағлуб бўлиб, ЖЧга йўл олиш масаласини кейинга қолдирди, Исроил Молдовани йирик ҳисобда таслим этди  8 00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  4 00:10U-17 ЖЧ. Нимчорак финалга чиққан Ўзбекистоннинг бугунги машғулотларидан суратлар  2 23:33Роберт Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  3 22:32"Реал" Бундеслигада янги чап қанот ҳимоячиси топди  1 21:38"Милан" форварди АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  147 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  9 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  15 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   9 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  2 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1

Farg'onada "Neftchi" g'alaba qozonadimi? Olmaliqda nima bo'ladi? - 22-tur oldidan mutaxassis fikri Yangiliklar

Farg'onada "Neftchi" g'alaba qozonadimi? Olmaliqda nima bo'ladi? - 22-tur oldidan mutaxassis fikri

Bugundan Superliganing 22-tur bellashuvlari boshlanadi.

Ushbu turdan bir emas bir nechta qiziqarli va markaziy qarama-qarshiliklar o'rin olgan. Ushbu uchrashuvlar oldidan sobiq futbolchi Artyom Filiposyan taxminlarini bildirdi. 

"Surxon" - "Mashal"

— Yaxshi va qiziqarli o'yin bo'ladi deb o'ylayman. Bunga sabablar bor albatta. "Surxon" uyda hujumkor o'ynaydi. Ular 3 ta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti. "Mashal" ham yaxshi jamoa. O'tgan turda "Sho'rtan"dan ustun keldi va ozgina bo'lsa ham ishonch orttirib oldi. Fikrimcha, o'yin durang bilan yakunlansa kerak. 

OKMK - "Bunyodkor"

— Olmaliqda ajoyib o'yin guvohiga aylanamiz. OKMK o'tgan turda 3 ochkoni boy bergandi. Bu jamoa medallar uchun kurashyapti, xuddi shunday "Bunyodkor" ham. O'ylashimcha, muxlislar bu to'qnashuvda ochiq futbol ko'rishadi. Imkoniyatlar 50/50.

"Sho'rtan" - "Paxtakor"

— "Paxtakor"ga qiyin bo'lishi mumkin, chunki "Sho'rtan" Superligada jon saqlab qolishi kerak. Shu bois mehmonlarga oson bo'lmaydi. Ammo yakuniy fikrim "Paxtakor" g'alaba qozonadi.

"Xorazm" - "Qo'qon-1912"

— Ikki jamoa ham turnir jadvalining quyi qismida ketmoqda. "Xorazm" o'z maydonida, muxlislar qarshisida g'alaba qozonganicha yo'q. Bu bellashuvda maydon egalari 3 ochkolik bo'lishadi. 

"Buxoro" - "Navbahor"

— "Buxoro"da yangi murabbiy Aleksandr Xomyakov ish boshladi. Jamoa qanday o'yin ko'rsatishini hali bilmaymiz. "Navbahor" o'tgan turda durang qayd etdi. Taxminimcha, bu safar ham o'yin durang natija bilan yakunlansa kerak. 

"Neftchi" - "Dinamo"

— Ikkita kuchli jamoalar uchrashuvi hisoblanadi. "Dinamo"ning yaxshi va chiroyli o'yin ko'rsatayotganini aytishim mumkin. "Neftchi" ham o'ziga yarasha natija qayd etmoqda. Mezbonlar g'alabani o'ziniki qilsa kerak degan taxmindaman. 

"Andijon" - "So'g'diyona"

— "So'g'diyona" safarda o'ynashiga qaramasdan yaxshi harakat qilmoqda. Ushbu bahsda imkoniyatlar 50/50.

"Qizilqum" - "Nasaf"

— "Qizilqum" Superligada munosib jamoa ekanligini ko'rsatib kelmoqda. Superligada ham mag'lubiyatsiz seriya qayd etdi va o'tgan turda Qo'qon jamoasiga yutqazdi. "Nasaf" yutadi deb o'ylayman. 

Reyting: +2   

Fikrlar

+3   
18 sen 17:08:40
Tilla
Нефтчи, Динамо, Насаф кокилиши ва Пахтакор ишончли галаба козонишини тилайман
+2   
18 sen 17:30:21
Ardito
Garchi istamasamda, Paxtakor chempion bo’ladi.
Nasaf oxirgi turlarda doimgidek qoqiladi.
Levchenko ketishi tufayli Neftchi qolgan o’yinlarda ochko tarqatadi. Zotan chempionlik baxsini qo’ldan chiqardi. 5- o’rin ham orzu endi.
SAMARQANDDAGI baxsda Levchenkoni ushlab qolgan xisob, endi uni ketkizadi. Anvar Berdiyev mavsumni tugatib qo’yadi.
   
18 sen 18:35:12
Guj Gik
Tilla foydalanuvchining fikriga javob berish
Нефтчи, Динамо, Насаф кокилиши ва Пахтакор ишончли галаба козонишини тилайман
Paxta terim Avjida Xormang brat
   
18 sen 17:14:07
Murodjon Fayzullaev
Tilla foydalanuvchining fikriga javob berish
Нефтчи, Динамо, Насаф кокилиши ва Пахтакор ишончли галаба козонишини тилайман
Туя хаммомни орзу қилибди
Аммо орзуга айб йуқ
-1   
18 sen 20:11:46
Qodirsher Mirzayev
Nech pul bo'lyapdi paxta terimdi kilosi
-1   
18 sen 17:59:28
Sherzodjon Abdullayev
Murodjon Fayzullaev foydalanuvchining fikriga javob berish
Туя хаммомни орзу қилибди Аммо орзуга айб йуқ
Лекин уша хаммомда чумилган
-2   
18 sen 20:34:11
dessi anvar
пахтани пахтасига пахта қўйибдию
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика