Artyom Filiposyan: "Eronga qarshi dastlabki 15-20 daqiqalikda extiyotkor bo'lishimiz kerak"

Iskandarov Abdulaziz
11 iyun 2024, 14:30
O'zbekiston terma jamoasi bugun Tehronda JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Eron bilan to'qnash keladi.

Mazkur uchrashuv oldidan terma jamoamiz sobiq futbolchisi Artyom Filiposyan fikrlarini bildirdi. 

"Eronni o'z uyida yutgan o'yinimizni yaxshi eslayman. O'shanda asosiy tarkibda maydonga tushgandim. Uchrashuvdan oldin Aleksandr Geynrix, Server Jeparov, Ulug'bek Bakaev hammamizga zo'r motivaciya bergan. G'alabani ko'proq istagandik va buni amalga oshirganimizdan xursand bo'lganmiz. 

Ha, o'shandan beri forslarni yuta olmayapmiz. Bugungi bahsda dastlabki 10-20 daqiqalikni qanday o'tkazishimiz muhim. Shu vaqtda extiyotkor bo'lishimiz kerak, chunki Eron o'z muxlislari qarshisida o'yinni yaxshi boshlaydi. Umuman terma jamoamizdan ajoyib o'yin kutyapmman. Yigitlarga omad tilayman. Tarixni yangilashlarini istayman",- deydi Artyom Filiposyan.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia