

Mazkur uchrashuv oldidan terma jamoamiz sobiq futbolchisi Artyom Filiposyan fikrlarini bildirdi.
"Eronni o'z uyida yutgan o'yinimizni yaxshi eslayman. O'shanda asosiy tarkibda maydonga tushgandim. Uchrashuvdan oldin Aleksandr Geynrix, Server Jeparov, Ulug'bek Bakaev hammamizga zo'r motivaciya bergan. G'alabani ko'proq istagandik va buni amalga oshirganimizdan xursand bo'lganmiz.
Ha, o'shandan beri forslarni yuta olmayapmiz. Bugungi bahsda dastlabki 10-20 daqiqalikni qanday o'tkazishimiz muhim. Shu vaqtda extiyotkor bo'lishimiz kerak, chunki Eron o'z muxlislari qarshisida o'yinni yaxshi boshlaydi. Umuman terma jamoamizdan ajoyib o'yin kutyapmman. Yigitlarga omad tilayman. Tarixni yangilashlarini istayman",- deydi Artyom Filiposyan.


