Filiposyan faoliyatini "Qo'qon-1912"da davom ettiradigan bo'ldi

Sherzod Nurmatov
13 iyul 2023, 11:34
Tarjirbali himoyachi Artyom Filiposyan "Qo'qon-1912" jamoasi mashg'ulotlariga qo'shildi.

"O'z oldiga Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritshni maqsad qilgan "Qo'qon-1912" jamoasi Pro liganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Jamoamiz ikkinchi davrada yaxshi natijalarni qayd etish uchun jiddiy selekciya ishlarini olib bormoqda.

Bugundan jamoamiz safiga tajribali himoyachi, bir qator kuchli jamoalarda harakat qilgan va O'zbekiston terma jamoasi sobiq a'zosi Artyom Filiposyan kelib qo'shildi.

Tarjirabli himoyachi jamoamizga Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishda yordam beradi deb umid qilamiz va uning "Qo'qon-1912" jamoasidagi faoliyatiga omad tilab qolamiz", – deyiladi klub xabarida.

6 iyul kuni futbolchi "Surxon" bilan xayrlashgani ma'lum bo'lgan edi.

Ma'lumot uchun, "Qo'qon-1912" Pro ligada 17 ochko bilan 3-o'rinni band etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати