Dante "Bavariya" o'rinbosarlar jamoasi murabbiyi bo'ldi

Sherzod Nurmatov
2 iyun 2026, 20:50
"Bavariya" myunxenliklar sobiq futbolchisi Danteni U-23 jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlaganini e'lon qildi.

Futbolchi 42 yoshida faoliyatini tugatdi. Bu uning birinchi murabbiylik ishi.

2025/26 yilgi mavsum Dante "Nicca"da o'ynadi va 19 o'yinda 1 ta golli pas uzatdi.

Braziliyalik futbolchi 2012 yildan 2015 yilgacha "Bavariya"da harakat qilgan va jamoa bilan 3 karra Germaniya chempioni, 2 karra Germaniya Kubogi sohibi bo'lgan, Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogida g'alaba qozongan.

Shuningdek, Dante "Yuventus", "Lill", "Sharlerua", "Standard", "Borussiya" Myonxengladbax, "Volfsburg" va "Nicca" jamoalari sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com